Oltoy qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.

Oltoy qoʻriqxonasi
51°57′5.760″N 87°58′13.800″E / 51.95160000°N 87.97050000°E / 51.95160000; 87.97050000 G OKoordinatalari: 51°57′5.760″N 87°58′13.800″E / 51.95160000°N 87.97050000°E / 51.95160000; 87.97050000 G O
MamlakatRossiya Rossiya
Maydon881 238 ga
Tashkil topgan sanasi1932
Saytaltzapovednik.ru
Oltoy qoʻriqxonasi (Rossiya)

Oltoy qoʻriqxonasi - Oltoyning shimoli-sharqiy qismidagi davlat qoʻriqxonasi. Rossiyaning Oltoy oʻlkasidagi Telets koʻli (Oltinkoʻl) yaqinida. Maydoni 889 ming ga (1999). Tayganing oʻziga xos tabiatini hamda Janubiy Sibirning baland togʻli tundrasini qoʻrikdash maqsadida tashkil etilgan. Togʻlarda balandlik mintaqalari koʻzga yaqqol tashlanib turadi; oq qaragʻay, oq qaragʻay-kedr va kedr-tilogʻochli tayga oʻrmonli subalp mintaqasi bilan almashingan, undan yuqoriroqda esa alp mintaqasi (butali tundra va alp oʻtloqlari, shagʻallilishaynikli va toshloq tundra) boshlanadi. Hayvonlardan maral, los, kabarga, morxoʻr, yelik, qoʻngʻir ayiq, suvsar, boʻrsiq, tiyin, burunduq, bars; parrandalardan ular, oq va tundra kakliklari, karqur, chil, qur koʻp.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil