Oltinkoʻl tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oltinkoʻl (tuman)dan yoʻnaltirildi)
Oltinkoʻl tumani
Алтынкульский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Oltinkoʻl (qilshloq)
Yirik shahari Oltinkol
Asos solingan sanasi 1939-yil
Xokim MuhammadMuso Obidov [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 180 000
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil raqami kodi 60
Xaritada
Oltinkoʻl tumani xaritada
Koordinatalari: 40°42′0″N 72°10′0″E / 40.70000°N 72.16667°E / 40.70000; 72.16667 G O

Oltinkoʻl tumani — Andijon viloyatidagi tuman. 1939-yilda tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi — Oltinkoʻl (qilshloq). Andijon viloyatidagi Oltinkoʻl tumani 1939-yilda tashkil etilgan. 1963-yilda viloyatning Andijon tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1978-yilda qaytadan tashkil etilgan. Oltinkoʻl tumani Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Shahrixon va Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni — 0,21 ming kilometr kvadrat. Oltinkoʻl tumanida 1 ta shahar Oltinkol 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Jalabek, Koʻmakay, Maslahat, Oraziy, Oxunboboyev, Suvyulduz, Qoʻshtepasaroy) bor. Oltinkoʻl tumani relefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi — keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati — 25—28°, yanvarniki minus — 5 — 7 daraja atrofida. Ayrim hollarda, yoz oylarida, harorat 42—43 darajani, yanvarda esa minus 15 — 18 daraja sovuq boʻlishi kuzatiladi. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Oltinkoʻl tumani janubida Katta Fargʻona kanali, shimol tomonidan Qoradaryo, bulardan tashqari tuman hududidan tumanlararo Kol­lektor — Asaka tashlamasi, Ulugʻnor ka­nali oqib oʻtadi. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq, shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor. Aholisi — 180 000 kishi. Tuman aholisining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil qiladi. Shuningdek; ruslar, tojiklar, uygʻurlar, tatarlar va boshqa mil­lat vakillari ham bor. 1 kilometr kvadratga 856 kishi toʻgʻri keladi.[2]

Oltinkoʻl tumani — Andijon viloyatidagi tuman. 1939-yilda tashkil etilgan. 1963-yilda Andijon tumaniga qoʻshilgan. 1978-yil qaytadan tashkil qilingan. Andijon, Asaka, Shahrixon va Baliqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,21 ming km². Aholisi 180 000 ming kishi Oltinkoʻl tumanida 1 ta shahar Oltinkol va 7 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Jalabek, Koʻmakay, Maslahat, , Oraziy, Oxunboboyev, Suvyulduz, Qoʻshtepasaroy) bor. Markazi — Oltinkol shahri

Tabiati. Oltinkoʻl tumani relyefi pasttekislik, qir va adirlardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—28°, yanvarniki — 5—7° atrofida. Ayrim hollarda yoz oylarida temperatura 42—43°, yanvarda esa —15, —18° sovuq boʻlishi kuzatiladi. Vegetatsiya davri 160—180 kun. Yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻin tushadi. Oltinkoʻl tumani janubida Katta Fargʻona kanali, shimol tomonidan Qoradaryo, bulardan tashqari, tuman hududidan tumanlararo Kollektor—Asaka tashlamasi, Ulugnor kanali oqib oʻtadi. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efemer oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar bor.

Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, tatar va boshqa millat vakillari ham bor. 1 km² ga 856 kishi toʻgʻri keladi. Aholining 48,5% qishloqlarda yashaydi. Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi Oltinkolda bir qator sanoat rivojlangan qishloqlarida esa qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Paxtachilik, pillachilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Sanoati asosan, ogir va yengil sanoat korxonalaridir. Paxta tolasi, chigit xom ashyosi, trikotaj matosi va mahsulotlari, mebel, ohak, gʻisht ishlab chiqariladi. „Etalon-Plyus“, „KezarTur“ qoʻshma korxonalari, 992 kichik va shirkat korxonalar, 8 yoqilgʻi quyish shoxobchalari, 180 dan ortiq savdo shoxobchalari bor. Oltinkoʻl tumani da 15 shirkat xoʻjaligi, 79 fermer xoʻjaligi, xususiy ferma, 14140 dehqon xoʻjaligi mavjud. Umumiy ekin maydoni 13961 ga, chorvachilikning asosiy tarmoqlari shirkat xoʻjaliklarida joylashgan. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 21,2 ming qoramol (shu jumladan, 8,5 ming sigir), 23,3 ming qoʻy va echki, yuzga yaqin ot bor (2003). 36 umumiy taʼlim, 15 tayanch maktablarida 35,4 ming oʻquvchi, 3 ixtisoslashgan internat-maktabda 875 oʻquvchi taʼlim oladi, shuningdek, 2 musiqa va sanʼat maktabi faoliyat koʻrsatadi. Iqtisodiyot, sanoat, maishiy xizmat kasb-xunar kollejlarida 1807 oʻquvchi taʼlim olmoqda. Markaziy kutubxona, uning 22 ta tar-mogʻi (19 kutubxonasi, 3 bolalar kutubxonas, kitob fondi 363 ming asar), 7 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi ishlab turibdi. 2 kasalxona (440 oʻrin), 4 poliklinika, 28 feldsher-akusherlik, 18 qishloq vrachlik punktlari, 9 dorixona va boshqa tibbiy muassasalarida 173 vrach, 976 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 1979-yil 1-yanvardan „Oltinkoʻl“ tuman gazetasi nashr qilinadi (adadi 2442).[3]

Oltinko'l tumani hududida tarixi bir asrdan oshgan yodigorliklar, jumladan "Katta Oq Tepa" tepaligi va bir qator madaniy meros ro'yxatiga kiritilgan ob'ektlar mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ОЛТИНКЎЛ ТУМАНИ ҲОКИМЛИГИ[sayt ishlamaydi]
  2. Andijon viloyat hokimyatining sayti, 28–dekabr 2011–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 18–noyabr 2012–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2018-yil