Oltin gumbaz
„Oltin gumbaz“ – AQShning materik qismini ballistik, gipertovushli va qanotli raketalardan himoya qilish uchun moʻljallangan koʻp bosqichli raketaga qarshi mudofaa tizimi (RQM)[1].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 27-yanvarda Donald Trump AQSH Qurolli Kuchlariga raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratish toʻgʻrisidagi farmonni imzolagan[2]. Bu gʻoya Isroilning „Temir gumbaz“ raketaga qarshi mudofaa tizimi va 1983-yilda Ronald Reagan tomonidan taklif qilingan strategik mudofaa tashabbusi bilan taqqoslanadi[3][4].
2025-yil 6-fevralda Kanada milliy mudofaa vaziri Bill Bler „Oltin gumbaz“ loyihasida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi[5]. 2025-yil may oyidagi eʼlon paytida Tramp Kanadaning ishtirok etishdan manfaatdorligini tasdiqladi[6].
2025-yil 20-mayda Trump kosmik kuchlar generali Michael Getlaneni „Oltin gumbaz“ milliy raketaga qarshi mudofaa tizimi dasturining yetakchi rahbari etib tayinladi. Shuningdek, tanlangan loyihani amalga oshirishning loyihaviy qiymati 175 milliard dollarga baholandi[7][8][9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Iron Dome for America“ (en-US). The White House (2025-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 25-aprel.
- ↑ Montague. „President Trump signed four executive orders on Monday focused on the military, according to reporters traveling with him.“. The New York Times (2025-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 27-yanvar.
- ↑ Liebermann; Cohen, Zachary. „‘How are you going to do that?’ Pentagon scrambles to make Trump’s ‘Golden Dome’ missile defense system a reality“ (en). CNN (2025-yil 22-mart). Qaraldi: 2025-yil 23-mart.
- ↑ Brumfiel.. „Trump wants a Golden Dome over America. Here's what it would take“ (en). NPR. Qaraldi: 2025-yil 6-may.
- ↑ Defence Post: Canada Willing to Join US ‘Iron Dome’ Missile Shield: Minister
- ↑ Alexander, Panetta. „Canada wants to join Golden Dome missile-defence program, Trump says“. CBC News (2025-yil 20-may).
- ↑ Trump picks design for $175 billion Golden Dome missile defense shield and names project leader
- ↑ Трамп объявил, что определился с проектом системы ПРО "Золотой купол"
- ↑ Система ПРО "Золотой купол" обойдется США в 175 миллиардов долларов