Olovli iyun
| Olovli iyun |
| Frederic Leighton, |
| Moybo'yoq |
| 47 × 47 sm |
| Museo de Arte de Ponce, Ponce, Puerto Rico |
„Olovli iyun“ – rassom ser Frederic Leighton tomonidan 1895-yilda yaratilgan surat. Moyboʻyoq bilan ishlangan ushbu rasmda akademizm uslubini nafis talqinda qoʻllagan holda uyqudagi ayol tasvirlangan. Bu Leightonning eng mashhur asari boʻlib, koʻplab plakatlar va boshqa ommaviy nashrlarda chop etilgan.
„Olovli iyun“ asari 1930-yillardan boshlab jamoatchilik nazaridan chetda qolgan va 1960-yillarda yana koʻrinish bergan. Oradan koʻp oʻtmay, Viktoriya davri rasmlarini sotish qiyin kechgan davrda kimoshdi savdosiga qoʻyilgan, biroq juda past – 140 AQSh dollari (zamonaviy hisobda taxminan 1 126 dollar) narxida ham xaridor topmagan. Auktsiondan keyin asar Puerto-Rikodagi Pons shahrida joylashgan Museo de Arte de Ponce tomonidan sotib olingan. 2024-yilda u Buyuk Britaniyaga qaytarilib, Qirollik sanʼat akademiyasida namoyish etilgan va rassomning retrospektiv koʻrgazmasida uning durdona asari sifatida taqdim qilingan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Olovli iyun" dastlab Leightonnning boshqa asari – Yozgi uyqudagi marmar hammomni bezash uchun moʻljallangan bezak sifatida boshlangan edi. Biroq u ushbu tasvirni shu qadar yoqtirib qoldiki, uni mustaqil asar sifatida yaratishga qaror qildi.
Mikelanjeloning yuksak ulug‘vor siymosiga xos motam ohangi Viktoriya davri rassomi tomonidan o‘zlashtirilib, qayta talqin etilganda ancha iliqroq tus oldi. Leighton qahramonni shunday joylashtirganki, u libosda bo‘lsa-da, uyqudagi qizning go‘zalligi tomoshabinga ko‘zni qamashtiradigan tarzda taqdim etilgan. Shu orqali kuzatuvchi beixtiyor o‘zini voyeurning o‘rnida his qiladi. Qizning yuzi qizarib, go‘yo u uxlayotgan bo‘lsa ham kuzatilayotganini his qilayotgandek taassurot uyg‘otadi[1].
|
Sanʼatshunos Endryu Graham-Diksonning taʼkidlashicha, „qizning holati Florensiyadagi Medichi qabrlarida joylashgan Mikelanjeloning mashhur Night haykalidan modellashtirilgan boʻlib, Leighton bu asarni Gʻarb sanʼatining eng yuksak yutuqlaridan biri deb hisoblagan“[1]. Uxlayotgan ayolning joylashuvi Leightonga anchagina qiyinchilik tugʻdirgan. Rassom qahramon qanday yotishi kerakligini aniqlash uchun bir necha dastlabki eskizlar chizgan, ayniqsa, uning oʻng qoʻlining burchagini tabiiy koʻrsatishda qiynalgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yakuniy natijaga kelishidan avval rasm kamida toʻrt marta eskizdan oʻtgan. Ushbu eskizlarning toʻrttasi yalangʻoch, biri esa libosli edi[2].
Yuqori oʻng burchakda tasvirlangan zaharli sambitgul shoxi ehtimol uyqu bilan oʻlim oʻrtasidagi nozik bogʻliqlikni ramziy tarzda ifodalaydi[3].
„Olovli iyun“ Frederic Leightoning eng mashhur asariga aylangan. Courtauld Institute asoschisi Samuel Courtauld uni „mavjud boʻlgan eng ajoyib rasm“ deb atagan[4]. Uxlab yotgan ayol kiyimidagi shaffof matoning realizmi, nihoyatda boy va yorqin ranglar Leighton ijodiga xos jihatlar hisoblanadi. Shuningdek, u tabiiy yorugʻlikdan mahorat bilan foydalangan. Orqa fondagi quyosh botishini u erigan oltindek tasvirlagan[5].
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rasmning birinchi egasi, „The Graphic“ jurnali, uni yuqori sifatli nashr yaratish maqsadida sotib olgan va 1895-yilda Rojdestvo sovgʻasi sifatida tarqatilgan[6]. Leighton 1896-yil yanvarda vafot etganida, rasm ularning ofis oynasiga qoʻyilgan. 1900-yillarning boshlarida u Ashmolean muzeyiga berilgan; undan keyingi manzili nomaʼlum. 1960-yillarning boshida rasm Battersea shahridagi bir uyda, pech ustiga qoʻyilgan holatda qayta topilgan. Tez orada Endryu Lloyd Webber uni Kings Road’dagi doʻkonda koʻrgan, biroq uning buvis „Mening kvartiramda Viktoriya davri arzon narsalari boʻlmasin“ deb aytib, 50 funt sterlinglik narxini berishdan bosh tortgan[4].
1963-yilda mashhur Puerto-Rikolik sanoatkor va siyosatchi Luis A. Ferré Yevropaga sayohatidan besh yil keyin gubernator etib saylanadi. Sayohati davomida oʻzi asos solgan Puerto-Rikodagi Museo de Arte de Ponce uchun rasm va haykallar sotib olgan. „Viktoriya davri uchun juda muhim boʻlgan bu asar 1960-yilda Luis A. Ferré tomonidan Amsterdamda 1 000 dollardan kam narxda sotib olingan[7] .“
Rasm Museo de Arte de Ponce kollektsiyasiga kirgach, u muzeyning ramzi va eng taniqli asariga aylangan. Shundan soʻng, rasm dunyoning muhim muzeylariga qarzga berilgan, jumladan, 2008-yilda Madriddagi Prado, 2009-yilda Germaniyadagi Staatsgalerie Stuttgart va 2015-yilda Nyu-Yorkdagi Frick Collection muzeylariga berilgan[8].
2016-yilda rasm Kensingtondagi Leighton House Museum muzeyiga qarzga berilgan va u yaratilgan studiyada namoyish etilgan[4][9][10].
2015-yilda rasmning original qalam va boʻr ishlanmalaridan biri Bamber Gascoignening xolasi Meri Innes-Ker, Roxburghe gersoginyasining vafotidan keyin meros qolgan uyning yotoqxona eshigi orqasida topilgan[11].
2023-yilda Leightoning ushbu rasmga oid yagona maʼlum rangli ishlanmasi, moyboʻyoqli asari, Sir David Verey tomonidan Leighton House Museum muzeyiga taqdim etilgan[12][13].
Modellari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ayolning tanasi sirli boʻlib qolsa-da, uning yuzi 1890-yillarda Leightoning ikki sevimli modelidan biri, Dorothy Dene [14][15] yoki Mary Lloydga tegishli boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi[16][17].
Meri Lloyd kambagʻal qishloq zobitining qizi edi[18]. U Londonga kelib, rassom modeli sifatida katta muvaffaqiyatga erishgan; faqat bosh va qoʻllari uchun poz bergan, yalangʻoch holda emas – bu muhim farq hisoblanadi. U taxminan 1893-yilda Leighton uchun modellikni boshlagan va 1895-yil yanvarda Leightoning Lachrymae (1894–1895) asari uchun modellik qilishi soʻralgan. Ehtimol, u Leightoning Twixt Hope and Fear (taxminan 1895) asari uchun ham model boʻlgan[18].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Graham-Dixon, Andrew „ITP 266: Flaming June by Frederic Leighton“. The Sunday Telegraph (2005-yil 5-iyun).
- ↑ Cf. T. Barringer & E. Prettejohn, Frederic Leighton: Antiquity, Renaissance, Modernity, Yale University Press (1999), s.v. „Flaming June“.
- ↑ „Leighton, Frederic: Flaming June (1895)“. The Independent (2008-yil 25-aprel).
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Maev Kennedy.. „Leighton's Flaming June to go on display in studio where it was painted“. The Guardian (2016-yil 20-iyun).
- ↑ A. Weidinger, Magnificent Extravagance – Frederic, Lord Leightonʼs Flaming June 1894–95, Belvedere (2010), passim.
- ↑ „The Return of Flaming June“ (en-GB). Nigel Ip (2017-yil 20-mart). Qaraldi: 2024-yil 31-mart.
- ↑ Flaming June Sketch Rediscovered After 100 Years of Silence. Joey Medrano. Puerto Rico Art Review. 2 May 2015. Accessed 30 January 2019.
- ↑ Leightonʼs Iconic Painting Flaming June on View in New York City for the First Time: June 9 through September 6, 2015. Press Release 256. 4 May 2015.
- ↑ „Jimmy Page welcomes Flaming June painting back to Kensington“ (2016-yil 2-noyabr).
- ↑ „Flaming June will brighten the darkness“.
- ↑ „Pre-Raphaelite study behind door in English mansion“, The Guardian, 1 May 2015, 18 May 2015da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 3 May 2015
- ↑ Thorpe, Vanessa. „Flaming June, once a student poster favourite, returns to London home“. The Observer (2023-yil 28-may).
- ↑ „Study for Flaming June: oil on canvas“. Gallery 19C. Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ Monahan, Patrick. „The Strange Journey of One of the World's Most Famous Paintings“. Vanity Fair.
- ↑ „Dorothy Dene: Lord Leighton's secret lover?“. The Daily Telegraph.
- ↑ Jill Berk Jiminez. Dictionary of Artists' Models. Routledge, 15 October 2013 — 593–-bet. ISBN 978-1-135-95914-2.
- ↑ „Apollo Magazine“. 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-yanvar.
- ↑ 18,0 18,1 „Frederic, Lord Leighton | Lachrymae“ (en). The Metropolitan Museum of Art. Qaraldi: 2023-yil 2-may.