Olot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Olot (Olot tumani)dan yoʻnaltirildi)
Olot
shahar
Olot tuman hokimligi
39°25′0″N 63°48′0″E / 39.41667°N 63.80000°E / 39.41667; 63.80000 G OKoordinatalari: 39°25′0″N 63°48′0″E / 39.41667°N 63.80000°E / 39.41667; 63.80000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Buxoro viloyati
tuman Olot tumani
Hukumat
Nargiza Neʼmatova
Iqlim turi Oʻzbek
Rasmiy til(lar)i 1943
Aholisi
11 500
Vaqt mintaqasi UTCUTC+5
Olot xaritada

Olot — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Olot tumanidagi shahar (1982-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi (Buxoro shahri) dan 70 km. Olot stansiyasi. Buxoro shahri bilan temir yoʻl va shosse yoʻli orqali bogʻlangan. O. markazidan Buxoro—Turkmanobod xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari oʻtgan. Amu-Qorakoʻl kanali shaharning jan.dan oʻtadi. Aholisi 11,5 ming kishi (2003). „Olot“ atamasining orlot turkiy urugʻ (qabila) nomidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Shaharda tuman hokimiyati binosi, „Olotteks“ qoʻshma korxonasi, asfalt, gʻisht, konserva zavodlari, Amu-Buxoro kanali boshkarmasi, koʻchma qurilish mexanizatsiyalashgan kolonnasi, MTP, aloqa boʻlimi, 7- umumiy taʼlim, musiqa maktablari, qish-loq xoʻjalik kasb-xunar kolleji, kasb-hunar maktabi, kutubxona, bolalar ku-tubxonasi, muzey, klub, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar hamda savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil