Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olmaliq ammofos aksiyadorlik jamiyati - Oʻzbekistondagi yirik kimyo korxonalaridan biri. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida. Azotli va fos-forli oʻgʻit — ammofos, shuningdek, monoammoniyfosfat, salifos, ammoniy sulfat, yogʻoch-tolali taxtalar, polietilen plyonkalar ishlab chiqaradi. 1969-yil dekabrda Olmaliq kimyo zavodining ilk navbati ishga tushirilgan va sobiq Ittifoqda 1-marta ekstraksi-on fosfat kislota hosil qilish uchun xom ashyo sifatida Qoratov (Jan.Qo-zogʻiston) fosforiti qoʻllanilgan. Korxona 2-navbati 1973-yilda ishga tushirilgan. 1998-yildan Qizilqum fosforit kombinatida ishlab chiqariladigan fosforit unini qayta ishlaydi.

Korxona yiliga 338,1 ming t fosforli oʻgʻitlar, 500 ming t sulfat kislotasi ishlab chiqarish kuvvatiga ega. 1992-yilning fevral oyidan korxona "Ammofos" ishlab chiqarish birlashmasi deb nomlandi. 2001-yil dek-.dan, hozirgi nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati.

Korxonada 2 ta ammofos sexi, 3 ta ekstraksiyalangan fosfor kislotasi sexi, oltingugurt kislotasi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish boʻlimlari, qator yordamchi sexlar va "Turon MS1" Oʻzbekiston — AQSH qoʻshma korxonasi bor.

Korxona mahsulotlariga ichki bozorda talab katta va respublikaning turli mintaqalaridagi barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ishlatiladi. Bundan tash-qari, MDH mamlakatlariga, Xitoy va Eronga eksport qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil