Oliver Twistning boshidan kechirganlari
|
Ilk nashr muqovasi | |
| Asl nomi | Oliver Twist; or, The Parish Boy's Progress |
|---|---|
| Muallif(lar) | Charles Dickens |
| Bezovchi(lar) | George Cruikshank |
| Mamlakat |
|
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | roman |
| Nashr etilgan sanasi |
1837—1839-yillar 1838-yil (kitob shaklida) |
| Nashriyot | Richard Bentley |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1984-yil[1] |
| Avvalgisi | „The Pickwick Papers“ |
| Keyingisi | „Nicholas Nickleby“ |
„Oliver Twistning boshidan kechirganlari“ (inglizcha: Oliver Twist; or, The Parish Boy's Progress) — ingliz yozuvchisi Charles Dickens qalamiga mansub roman. Ilk bor 1837—1839-yillarda qismlarga boʻlinib nashr etilgan. Toʻliq kitob shaklida 1838-yilda bosilgan[2]. Kitob uchun illyustratsiyalarni George Cruikshank chizgan. Asardagi voqealar XIX asr oʻrtalarida Angliyada sodir boʻladi. Unda bosh qahramon — Oliver Twistning mehnat uyidagi azob-uqubatli hayoti, London koʻchalaridagi sarguzashtlari, jinoyatchilar toʻdasiga qoʻshilib qolishi haqida hikoya qilinadi. Romanda qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik, yetim bolalarning mudhish qismati, jinoyatchilik olami keng yoritilgan. Dickens asarda qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga intilgan, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni fosh qilgan. Romanda, shuningdek, ezgulik, adolat, muruvvat kabi gʻoyalar ilgari surilgan.
„Oliver Twistning boshidan kechirganlari“ jahon adabiyotining sara asarlaridandir. Koʻplab tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Rus tilidan Erkin Mirobidov oʻgirgan oʻzbekcha tarjima 1984-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan[1]. Asar koʻp bor ekranlashtirilgan. „Oliver Twist“ (1948), „Oliver & Company“ (1988) filmlari ular orasida eng mashhurlaridandir[3].
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oliver Twist
- Janob Bumble
- Mann xonim
- Janob Sowerberry
- Sowerberry xonim
- Noah Claypole
- Charlotte
- Janob Gamfield
- Janob Brownlow
- Janob Grimwig
- Bedwin xonim
- Rose Maylie
Ekranizatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Oliver Twist“ (1909)
- „Oliver Twist“ (1912)
- „Oliver Twist“ (1912)
- „Oliver Twist“ (1916)
- „Oliver Twist“ (1919)
- „Oliver Twist“ (1922)
- „Oliver Twist“ (1933)
- „Oliver Twist“ (1948)
- „Manik“ (1961)[4][5]
- „Oliver!“ (1968)
- „Oliver Twist“ (1974)
- „Oliver Twist“ (1982)
- „Las Aventuras de Oliver Twist“ (1987)
- „Oliver & Company“ (1988)[3][6]
- „Twisted“ (1996)
- „Oliver Twist“ (1997)
- „Twist“ (2003)
- „Boy Called Twist“ (2004)
- „Oliver Twist“ (2005)
- „Twist“ (2021)[7][8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 Oliver Twistning boshidan kechirganlari. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1984.
- ↑ "Oliver Twist | Introduction & Summary". Encyclopædia Britannica. https://www.britannica.com/topic/Oliver-Twist-novel-by-Dickens.<!--->
- 1 2 „Oliver and Company“ (1988). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-fevral.
- ↑ 1961(Bengali) „Manik“. Gomolo. 2017-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-02=20.(Wayback Machine saytida 2017-01-18 sanasida arxivlangan)
- ↑ Souvik Chatterji Master of Law from Warwick University, Coventry, UK. Influence of Bengali Classic Literature in Bollywood films., 2007.
- ↑ Howe, Desson. „Oliver & Company“ (1988-yil 18-noyabr). Qaraldi: 2-mart.
- ↑ Michael Caine and Lena Headey's Modern-Day 'Oliver Twist' Sells to Saban
- ↑ Saban Films Acquires Charles Dickens Retelling 'Twist'
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Oliver Twistning boshidan kechirganlari“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |