Kontent qismiga oʻtish

Oliver Baumann

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oliver Baumann
Baumann with TSG Hoffenheim in 2019
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1990-yil 2-iyun (1990-06-02) (35 yosh)[1]
Tavallud joyi Breisach, Germaniya
Boʻyi 1.87 m (6 ft 2 in)[1][2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
TSG Hoffenheim
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
FC Bad Krozingen
2002–2009 SC Freiburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
SC Freiburg II 22 (0)
2010–2014 SC Freiburg 131 (0)
2014– TSG Hoffenheim 330 (0)
Milliy terma jamoa
2008 Germaniya U-18 1 (0)
2008–2009 Germaniya U-19 7 (0)
2010 Germaniya U-20 2 (0)
2010–2013 Germaniya U-21 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 18-may uchun)

Oliver Baumann (1990-yil 2-iyunda tugʻilgan) – germaniyalik professional futbolchi, Bundesliganing TSG Hoffenheim klubi darvozaboni va sardori[2].

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar va zaxira jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliver Baumann 2002-yilda SC Freiburg klubining yoshlar jamoasiga qoʻshilgan. Oʻshandan buyon futbolchi klub safida jami 104 ta Bundesliga oʻyinda maydonga tushgan. SC Freiburg B jamoasi safida esa 21 ta uchrashuv oʻtkazgan.

Baumann with Freiburg in 2013

2009-2010-yilgi mavsumning soʻnggi turida Baumann Borussia Dortmund klubiga qarshi Bundesliga uchrashuvida professinoal futboldagi debyutini oʻtkazdi[3]. 2010-2011-yilgi mavsumdan boshlab esa u jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi va 30 ta liga oʻyinida maydonga tushdi. 2011-yilning iyun oyida darvozabon shartnomasini 2015-yilga qadar uzaytirdi[4]. Navbatdagi ikki mavsumda esa u klub safida jami 73 uchrashuv oʻtkazdi.

2013-2014-yilgi mavsumda u SC Freiburg tarkibidagi asosiy figuralardan biri boʻlib, klubning Bundesligadagi dastlabi oltita oʻyini, shuningdek, UEFA Yevropa Ligasi va DFB-Pokalning ochilish oʻyinlarida ham maydonga tushirildi. Biroq, Hamburger SV jamoasi qarshi oʻyinda Baumann qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻydi, bu esa klubning 3:0 hisobida magʻlubiyatiga sabab boʻldi[5]. Shunga qaramasdan murabbiylar unga ishonch bildirishda davom etdi va keyingi Nürnberg bilan kechgan uchrashuvda quruq oʻyin oʻtkazgan holda jamoasining mavsumdagi ilk qgʻalabasini taʼminladi[6][7].

TSG Hoffenheim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 14-mayida Baumann TSG Hoffenheim jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri u klubning asosiy darvozaboni va Benjamin Hübner ketganidan keyin esa jamoa sardoriga aylandi[8]. 2023-2024-yilgi mavsumda Bundesligada 157 ta seyv qayd etgan holda bu natija borasida ligadagi eng yuqori natijani qayd etdi[9] .

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baumann hali Germaniya terma jamoasi safida debyut qilmagan boʻlsada, ammo 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi jamoalar safida kamida bittadan oʻyin oʻtkazgan.

Baumanning Germaniya U-19 jamooasidagi barcha uchrashuvlari oʻrtoqlik oʻyinlariga toʻgʻri kelgan. Bulardan eng sda qolarlisi Estoniya U-19 terma jamoasiga ustidan qozonilgan 5-0 hisobidagi gʻalaba boʻlgan. Keyinchalik Germaniya U-20 terma jamoasi safida Shveytsariya U-20 va Italiya U-20 terma jamoalariga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, u 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasiga chaqiruv oldi.

2010-2011-yilgi mavsumda Baumann Germaniya U-21 terma jamoasi safida toʻrtta oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushib, oʻsha oʻyinlarda oltita gol oʻtkazib yubordi. Keyingi uch mavsumda esa terma jamoa safida bor yoʻgʻi beshta uchrashuvda maydonga tushirildi.

Baumann 2020-yil sentyabrda ilk bora Ispaniya va Shveysariyaga qarshi UEFA Millatlar Ligasi uchrashuvlarida Germaniya terma jamoasi uchun chaqiruv oldi[10] .

Futbolchi Germaniyaning UEFA Yevro 2024 uchun yakuniy qaydnomasiga ham kiritildi[11].

Career statistics

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 18-may holatiga koʻra
Klublar safidagi statistikasi
Klub Mavusum Liga DFB-Pokal Yevropa Umumiy
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
SC Freiburg II 2009-2010 Regionalliga Süd 200200
2010-2011 Regionalliga Süd 2020
Total 220220
SC Freiburg 2009-2010 Bundesliga 100010
2010-2011 30010310
2011-2012 33010340
2012-2013 34050390
2013-2014 3303060420
Umumiy 1310100601470
TSG Hoffenheim 2014-2015 Bundesliga 34030370
2015-2016 33010340
2017-2018 34020360
2017-2018 3400070410
2018-2019 3300060390
2019-2020 30010310
2020+2021 3102070400
2021–2022 33020350
2022–2023 34030370
2023–2024 34020360
Umumiy 33001602003660
Umumiy 47302602605250
  1. 1 2 „Oliver Baumann | TSG Hoffenheim | Player Profile | Bundesliga“. bundesliga.com. DFL. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  2. 1 2 „Steckbrief Oliver Baumann“. TSG 1899 Hoffenheim. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  3. „Bundesliga 34. Spieltag: SC Freiburg – Borussia Dortmund“ (de). Zeit Online (2010-yil 8-may). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  4. „Oliver Baumann verlängert beim SC Freiburg“ (de). Badische Zeitung (2011-yil 28-iyun). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  5. „Bundesliga: Freiburg keeper Oliver Baumann was positive despite 3-0 loss to Hamburg“. Sky Sports (2013-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  6. „DARIDA FIRES FREIBURG PAST SORRY NÜRNBERG“. bundesliga.com. 2014-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-sentyabr.
  7. „SC Freiburg verlängert vorzeitig mit Oliver Baumann“ (de). Badische Zeitung (2013-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  8. „Who are the Bundesliga's captains in 2023/24?“.
  9. „Bundesliga Stats 2023-2024: Shots saved“. Bundesliga. Qaraldi: 2024-yil 30-may.
  10. „Löw: "Ich habe Verantwortung gegenüber den Spielern"“ (de). DFB (2020-yil 25-avgust). Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
  11. „UEFA Euro 2024: All squads and players full list“. Olympics.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.