Olimjonov Anvar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Olimjonov Anvar (Alimjonov Anuar) (1930.2.5, Toldiqoʻrgʻon viloyati, Qorligʻash ovuli) — qozoq yozuvchisi. Qozogʻiston universitetini tugatgan (1954). 1955 yildan "Literaturnaya gazeta", keyinroq "Pravda" gaz.larining Qozogʻistondagi muxbiri, "Qozoqfilm" kinostudiyasi bosh muharriri (1960— 70), 1971 yildan Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining birinchi kotibi. Dastlabki asari "Oq doʻst, qora doʻst, sariq doʻst" 1958 yilda chop etilgan. "Mangu tomirlar" (1960), "Karvon quyosh to-mon bormoqda" (1963), "Zangori togʻlar" (1964), "Oʻtror armugʻoni" (1966), "Qorashunqor koʻprigi" (1969), "Jamshid oynasi" (1970), "Qurmongʻozining bolalik chogʻi" (1972), "Rudakiy taxti", (1974), "Muallimning qaytishi" (1978) singari qator roman va qissalar muallifi. "Mahambet nayzasi" (1969) romanida qozoq xalqining oʻtmishi, orzu-umidlari tasvirlangan. "Doʻstlar uchrashganda" (1959), "Suvda, quruqlikda ellik ming mil" (1962) kabi kitoblarida O.ning ocherklari va publitsistik maqolalari oʻrin olgan. Yozuvchining "Mahambet nayzasi" romani hamda publitsistik asarlari oʻzbek tilida nashr etilgan. Abay nomidagi Qozogʻiston davlat mukofoti (1967) va Xalqaro Neru mukofoti laureata (1969).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil