Olim (ism)
Qiyofa
(Olimjondan yoʻnaltirildi)
| Olim | |
|---|---|
| (arabcha: عالم) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli |
| Ota ismi |
Olim oʻgʻli, Olimovich Olim qizi, Olimovna |
| Ayollar uchun shakli | Olima |
| Yasama shakllari | Olimjon, Olimboy, Olimxon, Olimbek |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: عالم |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Olim (arabcha: عالم — bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat va jamoat arboblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olimxon — Qoʻqon xoni (1801–1810);
- Olimbek dodxoh — XIX asr qoʻqonlik yirik siyosatchi. Bir qancha vaqt xonlikning siyosiy faollaridan boʻlgan;
- Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev — Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, jamoat arbobi;
- Olimjon Qodiriy — jadid;
- Olim Alixonov — Sovet ittifoqning siyosat, iqtisod va davlat arbobi;
- Olim Hakimov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor;
- Olim Orazbakov — siyosatchi, diplomat, jamoat arbobi;
- Olim Qurbonov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Olimboy Qoʻchqorov — oʻzbek sovet davlat va partiya arbobi;
- Olimjon O‘sarov — jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 3-toifali adliya maslahatchisi. Ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
- Olimjon Toʻychiyev — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin universiteti rektori.
Ilm-fan va sanʼat arboblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olim Aminov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964);
- Olim Davlatov — adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos;
- Olim Odilov — oʻzbek musavviri;
- Olim Pardayev — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
- Olim Sharafiddinov — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning muxbir aʼzosi;
- Olim Toʻraqulov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali direktori;
- Olim Usmon — tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973);
- Olimjon Karimov — texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri;
- Olimjon Sarimsoqov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor;
- Olimjon Xoldorov — shoir va yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992), professor (2002).
Sanʼatkorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olimjon Halimov — kompozitor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekiston (1957) va Qoraqalpogʻiston (1982) xalq artisti, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949);
- Olimjon Qosimjonov — naqqosh usta, Toshkent naqqoshligining yirik vakili;
- Olimjon Salimov — oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).
Sportchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olim Ashirov — sovet va oʻzbek futbolchisi;
- Olim Karimov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Navkarov — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Qurbonov (sportchi) — tojikistonlik suzuvchi;
- Olim Shokirov (futbolchi) — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Tillayev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Olim Xudoyqulov — oʻzbek sambochisi va dzyudochisi.
Boshqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olimjon Toʻxtaoxunov — jinoyatchi.
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„O“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 3-jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |