Olim Usmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Olim usmondan yoʻnaltirildi)
Olim Usmon
Tavalludi
Usmonov Olim

31-dekabr 1912-yil
Vafoti 20-sentyabr 1989-yil(1989-09-20)
(76 yoshda)
Toshkent
Millati O'zbek

Olim Usmon (taxallusi; asl ismsharifi Usmonov Olim; 1912.31.12, Jalolobod — 1989.20.9, Toshkent) — tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973). Nizomiy nomidagi Pedagogika institutini tugatgan (1940). Oʻzbekiston Davlat nashriyotida dastlab muharrir, keyin boʻlim mudiri (1932—35), OʻzFAN Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (19351938), OʻzFAN nashriyoti direktori (1938—42), Davlat radioeshittirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1944—46). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining lugʻat (1946—53), til tarixi (1958—65), terminologiya boʻlimlariga rahbarlik qilgan (1965— 84). Toshkent universiteti filol. fakultetining dotsenti (1954—1958). Alisher Navoiyning „Muhokamat ul-lugʻatayn“ asari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. „Oʻzbek tili grammatikasi (fonetika va morfologiya)“ (hamkorlikda, 1938), „Oʻzbek tilining imlo lugʻati“(1940), „Imlo lugʻati“ (1949) singari darslik va oʻquv qoʻllanmalarini eʼlon qilgan. 5 jildli „Ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ (1950—55), „Ruscha-oʻzbekcha yon lugʻat“ (1956), „Internatsional soʻzlar lugʻati“ (1959, 1962), „Qisqacha ruscha-oʻzbekcha lugʻat“ (1961), „Ruscha-internatsional oʻzlashtirma soʻzlar izoxli lugʻati“ (1965, 1972), „Ijtimoiy-si-yosiy terminlar lugʻati“ (1976) kabi kitoblarning yaratilishida ishtirok etgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]