Sirdaryo teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sirdaryo teatri, Olim Xoʻjayev nomidagi Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri — oʻzbek teatrlaridan biri. 1974-yil tashkil boʻlgan. Teatr "Muhabbat" (A. Qahhor) spektakli bilan oʻz mavsumini boshlagan (1975). Rixsivoy Orifjonov bosh rejissyor, Gʻofir Hamidullayev rejissyor etib tayinlanganlar. Truppa asosini teatr va rassomlik sanʼati institutini bitirganlar tashkil etdi. Teatr repertuarini belgilashda I. Radun, F. Shamsuddinov, P. Drozdov, R. Orifjonov, R. Hamroyevlarning xizmati katta boʻldi. O. Abdullayeva, Sh. Jumayev, A. Hayitova, 3. Eshmurodova, Sh. Rahmatullayeva, T. Qosimova, R. Hamdamov, M. Odilov va boshqa teatrning dastlabki ijodkorlaridir. 1977-yil teatrga Olim Xoʻjayev nomi berildi. 1984-yil teatr jamoasi yangi binoga koʻchib oʻtdi. Teatr binosi 730 oʻrinli boʻlib, zamonaviy jihozlangan katta va kichik tomosha zallariga ega. 80y.larning oxirlariga kelib jahon dramaturgiyasi bilan birgalikda oʻzbek yozuvchilarining ham asarlari muvaffaqiyatli sahnalashtirildi: "Richard III", "Qirol Lir" (U Shekspir), "Soxta oqsuyak" (J. Molyer), "Chorbogʻdagi hangomalar" (A. Chexov), "Hammom" (V. Mayakovskiy), "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi" (Hamza), "Layli va Majnun" (Xurshid), "30 yoshlilar" (M. Boboyev), "Ogʻriq tishlar" (A. Qahhor), "Ayollar faryodi" (J. Maxmudov) va boshqa Keyingi yillar millim sanʼatni barqarorlashtirish, tarixiy voqealar hamda urfodatlar, qishloq hayotini aks ettirish asosiy mavzu boʻlib xizmat qildi. "Maʼmura kampir" (Jan Sarron), "Tentak farishtalar" (Sh. Boshbekov), "Amir Temur" (H. Jovid), "Taroslik yovuz" (A. Nesin), "Toʻy hangomalari" (Sh. Jumayev), "Marvarid taqqan ayol" (K. Avaz), "Alisher Navoiy" (I. Sulton, Uygʻun), "Chet ellik kuyov" (A. Papayan), "Ming bir kecha" (I. Tursunov), "Mehribonlar" (A. Jamol), "Xotinimning uch oshigʻi" (H. Xursandov), "Shum bola" (Gʻ. Gʻulom), "Toʻy" (qarang Muhammadrizo) kabi spektakllar bilan teatr oʻz mavqeini mustahkamladi. A. Yusuvaliyev, O. Abdullayeva, A. Hayitova, Sh. Jumayev, A. Abdullayev, R. Karimov, 3. Eshmurodova, R. Yunusova, N. Oʻrinov, R. Pardayeva, I. Qosimov va boshqa teatrning yetakchi ijodkorlaridir. Badiiy rahbari — Ravshan Rajabov, bosh rejissyor — Gulruh Najidova.