Olim Jahonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olim Jahonov — 1870-yili tugʻilgan, Kattaqoʻrgʻon rayoni Shoʻrax qishlogʻidan, 1933-yili xalq sudi tomonidan paxtaga zararkunandalik keltirganlikda 5 yilga qamalgan, jazoni oʻtagan, hibsga olingunga qadar kolxozga qarashli karvonsaroyda qorovul boʻlib ishlagan. Avgust oyida 4 kishidan iborat banditlar guruhini tashkil qilganlikda, 3 pichoq va “Smit-Visson” toʻpponchasi bilan qurollanib, qurolli bosqinchilikni sodir etganlikda, jabrlanuvchining oilasini bogʻlab olib urganlikda, qurol bilan qoʻrqitib buyumlarini, pullarini va hayvonlarini tortib olganlikda, yana qator talashlarni sodir etishni belgilaganlikda, hibsga olingan vaqgda oʻgʻirlangan buyumlar topilganlikda ayblangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 131 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.