Olim Hakimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Olim Hakimovich Hakimov (1919.12.5 -Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishlogʻi — 2003.20.11) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor. [1]

Olim Hakimov
Hayot davri 1919.12.05 - 2003.20.11
Tavalludi Burchmulla qishlog'i, Bo'stonliq tumani
Fuqaroligi UZSSR - O'zbekiston
Qoʻshin turlari o'qchi
Xizmatdagi yillari 1939-1950
Unvoni mayor
Jang/urush Ulug' Vatan urushi
Mukofotlari Lenin ordeni sohibi, Sovet Ittifoqi qahramoni, Aleksandr Nevskiy ordeni sohibi, 2 karra Qizil Bayroq ordeni sohibi, 1-darajali Ulug' Vatan urushi medali sohibi

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tog'li Burchmulla qishlog'ida dehqon oilasida tug'ilgan. Millati tojik. Bo'lajak qahramon, maktabni tamomlagach harbiy xizmatga otlandi. 1939-yil 15-oktyabrdan harbiy xizmatga chaqirildi. Harbiy xizmatni Belorussiyaning Gomel shahrida joylashgan maxsus aloqachilar batalyonida o'tagan. 1941-yil Leningrad harbiy siyosiy bilim yurtini tugatgan. 1942 yil mart oyining oxirida leytenant Olim Hakimov Kalinin frontida harakat qilayotgan 246-o'qchi diviziyasiga vzvod komandiri bo'lib keldi. 487-oʻqchi polki bataloni (1-Belorussiya fronti, 47-armiyaning, 143-oʻqchi diviziyasi) ofitseri. 1944-yil 16-avgustda Kovel shahrining shimoliy tomonidagi mudofaasini yorib o'tishda va Bug daryosidan kechib o'tishda ko'rsatgan jangovar xizmatlari uchun batalyon komandiri Olim Hakimov Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlandi.[2] 1945-yil 16-yanvarda Polshaning Lomna aholi punkti yonida Visla daryosini kechib oʻtib, platsdarmda boʻlgan jangda koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoni berilgan (1945-yil 27-fevral). Urushdan soʻng Qurolli kuchlarda o'z xizmatini davom ettirdi. 1950 yili harbiy xizmatdan zahiraga chiqqan. Toshkent shahrida turli rahbarlik lavozimlarda ishlagan. Jumladan kinoteatr rahbari lavozimida ham mehnat qilgan.

Olim Hakimov turli yillarda yuksak darajali orden va medallar bilan taqdirlangan:[3]

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-fevralidagi Farmoni bilan “Fashist bosqinchilariga qarshi kurashish mobaynida qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi, hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun”, mayor Olim Hakimovich Hakimov Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Lenin ordeni bilan - (1945.27.02), 2 marta Qizil Bayroq ordeni bilan - (1944.27.09, 1945.30.05), Aleksandr Nevskiy ordeni bilan - (1944.13.08), 1-darajali Ulug' Vatan urushi medali bilan - (11.03.1983)

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil 20-noyabrida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]



  1. Adham Rahmat. "Oltin Yulduz kavalerlari" (o'zbek). "Yosh gvardiya" Toshkent, 1977-y — 288 bet. 
  2. [www. «Герои страны». „Geroi Sovetskogo Soyuza“]. Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.
  3. [www.https://ru.wikipedia.org/ „Alim Hakimov“] (rus). Qaraldi: 2023-yil 5-noyabr.