Olena Bilosiuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olena Bilosiuk
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Ukraina
Tavallud sanasi 9-yanvar 1987-yil (1987-01-09) (37 yosh)
Legnica, Polsha
Sport
Qaysi sport (Biatlon)
Klubi Kolos

Olena Bilosiuk[1], qizlik familiyasi: Olena Pidhrushna (ukraincha: Олена Михайлівна Підгрушна , Olena Myxajlivna Pidhrushna; 1987-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — ukrainalik biatlonchi. Olimpiada va jahon chempioni, turli yuqori saviyali musobaqalarning koʻp karra sovrindori hisoblanadi. Pidhrushna Ukrainadagi eng muvaffaqiyatli qishki sportchilardan biri hisoblanadi. U Ternopilda istiqomad qiladi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning birinchi xalqaro musobaqasi 2005-yilda Shveysariyaning Montey shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa yoshlar qishki Olimpiya festivali boʻlib, u yerda Olena ikkita bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2005-yilda Finlandiyaning Kontiolahti shahrida biatlon boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashgan. Keyingi mavsumda u xalqaro musobaqani oʻtkazib yuborgan, ammo 2007-yil 2-martda Finlandiyaning Lahti shahrida sprintda 44-oʻrinni egallab, biatlon boʻyicha Jahon kubogida debyut qilgan. Oʻsha mavsumda Jahon chempionatining soʻnggi uchta bosqichida ham terma jamoa safiga kiritilgan, ammo u hech qanday ochko ololmagan. 2007—2008-yilgi mavsumda terma jamoaga kvota ololmagan. Oʻsha paytda sportchi biatlon boʻyicha Yevropa chempionati va oʻsmirlar musobaqalarida qatnashgan.

2008—2009-yilgi mavsumda muntazam ravishda estafeta jamoasida ishtirok etgan va 2009-yil 7-yanvarda Germaniyaning Oberhof estafeta jamoasida gʻolib boʻlgan.

Olena 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida Ukrainani himoya qilish huquqini qoʻlga kiritgan[2]. 2018-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida Pidhrushna Ukraina bayrogʻini koʻtarib yurish sahrafiga muyassar boʻlgan. Jismoniy holati yomon boʻlgani uchun u hech qanday musobaqada qatnasha olmagan[3].

Biatlon natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1 ta medal (1 ta oltin)

Tadbir Shaxsiy Sprint Taʼqib qilish Ommaviy start Estafeta Aralash estafeta
Kanada 2010-yil Vankuver 32 18 21 12 6 -
Rossiya2014-yil Sochi 8 26 22 7 Oltin -
Janubiy Koreya2018-yil Pxyonchxan Raqobat qilmagan

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olena Polshaning Legnitsa shahrida tugʻilgan, lekin u bolaligini Ukrainaning Ternopil shahri yaqinidagi Velyka Berezovitsia shahrida oʻtkazgan. Otasi harbiy xizmatchi boʻlgani uchun uning oilasi koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan[4].

Olena Ternopil Vladimir Xnatyuk nomidagi Milliy pedagogika universitetini jismoniy tarbiya va sport fakultetini tamomlagan. Hozirda u Lvov davlat jismoniy tarbiya universitetining PhD talabasi boʻlgan[5].

Pidhrushna 2013-yil 26-mayda Oleksiy Kaydaga turmushga chiqqan. Kayda „Svoboda“ partiyasidan Oliy Rada (Ukraina parlamenti) deputati boʻlgan[6]. Pidhrushnaning soʻzlariga koʻra, uning turmush oʻrtogʻi 2013-yil dekabrida Yevromaydon namoyishlari chogʻida „provokatorlar“ tomonidan hujumga uchragan. 2016-yil oktyabr oyida ular ajrashganliklarini eʼlon qilgan[7].

2013-yil 8-dekabr kuni Xochfilzenda ayollar estafetasida gʻalaba qozonganidan soʻng taqdirlash marosimida u va boshqa ukrainalik biatlonchilar „Maydan uchun“ deb baqirishgan. Pidhrushna 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasidagi gʻalabadan soʻng matbuot anjumanida 2014-yil fevralida Yevromaydondagi tartibsizliklarda Kiyevda halok boʻlganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlagan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]