Oleksiy Vadaturskiy
| Oleksiy Vadaturskiy | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
8-sentyabr 1947-yil |
| Vafoti |
31-iyul 2022-yil (74 yoshda) Mykolaiv, Mykolaiv viloyati, Ukraina |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi | Odessa texnologik instituti |
| Kasbi | tadbirkor |
| Turmush oʻrtogʻi | Raisa Vadaturska |
| Bolalari | Andriy Vadaturskiy |
Oleksiy Afanasyevich Vadaturskiy (ukraincha: Олексій Опанасович Вадатурський; 1947-yil 8-sentyabr, Bendzari, Odessa viloyati – 2022-yil 31-iyul, Mykolaiv, Mykolaiv viloyati) – qishloq xoʻjaligi sohasidagi ukrainalik tadbirkor, Ukraina Qahramoni (2007).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vadaturskiy 1947-yil 8 sentyabr Ukraina SSR, Odessa viloyati, Baltskiy tumani, Bendzari qishlogʻida kolxozchi oilasida tugʻilgan.
1971-yilda Lomonosov nomidagi Odessa texnologik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Trikratskiy don mahsulotlari zavodida bosh energetik sifatida boshlagan, keyin bosh muhandis boʻlib ishlagan.
1980—1991-yillarda Mykolaiv viloyati don mahsulotlari boshqarmasi ishlab chiqarish boʻlimi boshligʻi, boshliq oʻrinbosari boʻlgan.
1991-yildan xorijiy texnologiyalar va yuqori unumli import texnikani qoʻllagan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, nasldor chorvachilikni rivojlantirish bilan shugʻullanuvchi „Nibulon“ qishloq xoʻjaligi korxonasining doimiy bosh direktori etib tayinlansin.
2018-yilning 1-noyabrida Rossiya 322 nafar Ukraina fuqarosiga, jumladan, Oleksiy Vadaturskiyga qarshi sanksiyalar kiritdi[1].
2020-yil iyun oyida Forbes Ukraina jurnali Vadaturskiyning boyligini 450 million AQSh dollariga baholagan[2][3].
2022-yil 31-iyulda Aleksey Vadaturskiy rafiqasi Raisa Vadaturska bilan birga Nikolayevning ommaviy oʻqqa tutilishi paytida rus raketasi ularning uyiga tushishi natijasida halok boʻlgan[4][5]. Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixaylo Podolyak raketa yotoqxonaga tushganini maʼlum qildi va bu qasddan qotillik degan fikrni bildirgan[6].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻgʻli Andriy Oleksiyovich Vadaturskiy „Pyotr Poroshenko bloki“ partiyasidan VIII chaqiriq Ukraina xalq deputati [7].
Mukofot va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ukraina Qahramoni unvoni (2007-yil 15-noyabrda Derjava ordeni bilan taqdirlangan) – agrosanoat majmuasi salohiyatini mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda barqaror yuqori koʻrsatkichlarga erishishni tashkil etish va taʼminlash, ijtimoiy sohani rivojlantirishga qoʻshgan ulkan shaxsiy hissasi uchun.
- 2001-yilda „Oltin Merkuriy“ xalqaro mukofoti va Ukraina Vazirlar Mahkamasining Faxriy yorligʻi bilan taqdirlangan.
- 2004-yilda „Muvaffaqiyatli rahbar“ nomli Butun Ukraina tanlovining diplomi hamda III darajali „Jamoatchilik eʼtirofi“ faxriy orden belgisi bilan taqdirlangan.
- Ukraina Oliy Radasi, Agrosanoat majmuasi vazirligi, Ukraina Qurilish va arxitektura boʻyicha davlat qoʻmitasining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
- 2007-yilda Ukraina Pravoslav cherkovining Havoriylarga teng boʻlgan knyaz Vladimir II darajali ordeni bilan taqdirlangan.
- „Nikolayev viloyatida yil homiysi“ nominatsiyasi boʻyicha „Yil homiysi“ umummilliy tanlovining gʻolibi (2007-yil).
- Nikolayev shahridagi „NIBULON“ qishloq xoʻjaligi korxonasining qayta yuklash terminali meʼmorchiligi uchun Ukraina arxitektura sohasidagi Davlat mukofoti sovrindori (Ukraina Prezidentining 2008-yil 18-iyundagi 569/2008-sonli Farmoniga asosan).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Помідори Фірташа, Ярош і син Порошенка: проти кого Росія запровадила санкції“ (uk). Би-би-си (2018-yil 1-noyabr). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
- ↑ „Петро Порошенко увійшов до трійки найбагатших українців“ (uk). Zaxid.net (2020-yil 28-may). 2020-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Алиса Мелик-Адамян. „Forbes опубликовал список самых богатых украинцев, владелец «Нибулона» Вадатурский оказался на 15 месте“. nikvesti.com (2020-yil 28-may). 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „При обстреле Николаева погиб бизнесмен Алексей Вадатурский. Он основал одну из крупнейших аграрных компаний Украины“ (ru). Meduza (2022-yil 31-iyul). 2022-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Владелец крупной зерновой компании погиб при обстреле Николаева“ (ru). Радио Свобода (2022-yil 31-iyul). 2022-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „"Вадатурський був конкретною ціллю". Подоляк каже, що ракета влучила точно в спальню бізнесмена“. BBC News Україна (2022-yil 31-iyul). 2022-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Офіційний портал Верховної Ради України“. w1.c1.rada.gov.ua. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.