Oksford universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oksford Universitetidan yoʻnaltirildi)

Oksford universiteti (inglizcha: University of Oxford; norasmiy nomi Oxford University yoki Oxford) — Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitet. Ingliz tilida gaplashadigan dunyoda eng eski universitet va butun dunyodagi ikkinchi eng eski hozirgacha mavjud boʻlgan universitet.

12-asrning 2-yarmida Oksford shahrida tashkil etilgan. Universitetda turli davrlarda John Wycliffe, Thomas More, John Locke, Robert Boyle dars bergan. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarix, ingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hozirgi zamon Yevropa tillari va adabiyoti, sharqshunoslik, fizika, matematika, biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari, psixologiya, antropologiya, geografiya, sanʼatshunoslik, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir kancha ixtisoslashtirilgan institut va laboratoriyalari, muzeylari bor. Asosiy kutubxonasi 1602-yil tashkil etilgan.

Oksford universitetitda 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi. Oʻqituvchilar orasida London qirollik jamiyati aʼzolari, Nobel mukofoti laureatlari bor.

Havolalar[tahrir]