Okean kaʼri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Okean Kaʼridan yoʻnaltirildi)

Okean kaʼri — Dunyo okeani tubi relyefi va geologik strukturasining eng asosiy elementlaridan biri. Dunyo okeanining oʻrtasidagi tizmalardan tashqari abissal qismini (qarang Abissal oblast) oʻz ichiga oladi. Yer yuzasining eng past gipsometrik sathini (oʻrtacha chuq. 4 ming m, maksimal chuq. 7 ming m gacha) egallaydi. Maydoni 185 mln. km² dan ortiq (Dunyo okeani tubi umumiy maydonining 50% dan koʻproq qismi).

Okean kaʼri relyefi va tektonik strukturasining eng yirik elementlari — okean botiklari va ularni ajratib turadigan turli tipdagi koʻtarilmalardir. Botiklar Okean kaʼrining eng katta qismini egallaydi; ularning oʻrtacha chuq. 5 ming m. Botiklar tubi maydonining 80% i pastbaland abissal tipdagi relyef (nisbiy chuq. 500–1000 m), qolgan qismi yassi va qiya abissal tekisliklardan iborat. Yassi abissal tekisliklar Okean kaʼrining 10% dan kamroq yuzasini egallab, odatda, materiklarga yaqin botiqlarning chetlarida joylashgan. Ular birlamchi past-baland relyefning materiklardan oqib kelgan choʻkindilar bilan koʻmilishi natijasida paydo boʻldi. Kiya tekisliklar botiqlar chetlarida ham boʻladi va asta-sekin materik etagi tekisligiga qoʻshilib ketadi. Yassi abissal tekisliklar va abissal past-balandliklar orasida alohida suv osti togʻlari (vulkanlar) koʻtarilib turadi. Tropik dengizlaridagi koʻpgina suv osti togʻlarining usti marjon kurilmalaridan iborat (qarang Atollar).

Okean kaʼridagi togʻlar palaxsa-palaxsa yoki gumbazsimon balandliklar boʻlib, bu tizmalarning tepalari koʻpincha vulkanlardan iborat.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil