Gravitatsion anomaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ogʻirlik Anomaliyasidan yoʻnaltirildi)

Gravitatsion anomaliya, ogʻirlik anomaliyasi — Yer kurrasining aniq nuqtasida kuzatiladigan ogʻirlik kuchi bilan uning nazariy miqdori (ogʻirlik kuchining normal taqsimoti formulasidan hisoblangan kattalik) oʻrtasida farq boʻlishi. Ogʻirlik kuchi geografik kenglikka va Yerning shakliga bogʻliq boʻlib, kuzatiladigan kattalik yagona yuza sathi — dengiz sathi (geoid)ga nisbatan ifodalanadi. Yer sathidan h balandlikda ogʻirlik kuchining kamayishi — 2gh/R "—0,0003086 Gal ga teng, bu yerda K — Yer radiusi, g — ogʻirlik kuchi tezlanishining oʻrtacha qiymati (1 Gal = 1 sm/s2).

G. a. havodagi anomaliya boʻlib, Faya anomaliyasi deb ataladi. Yerning dengiz sathiga nisbatan I qoʻshimcha qatlamining tortishish kuchi (taʼsiri)ni hisobga olganda ogʻirlik kuchi oʻzgarishi — 2gh/R + 2nfah~( — 0,0003086+0,0000418o)/! Gal ga teng, bu yerda o — qatlam zichligi, /— tortishish doimiysi. Bu ifoda yordamida aniqlangan G.a. Buge anomaliyasi deb ataladi. G.a.ni aniqlash natijalari izoanomal, yaʼni G.a. bir xil qiymatli egri chiziqlar orqali ifodalangan kartalar yordamida tasvirlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil