Ogʻajari neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ogʻajari neft koni - Erondagi gaz-kondensat va neft koni. Jahondagi yirik konlardan biri. Obodan shahridan 130 km narida joylashgan. Fors qoʻltigʻi neft-gazli havza tarkibiga kiradi. Kon 1938-yilda ochilgan, 1945-yildan ishlatilmokda. Neftning boshlangʻich za-xiralari 1,3 mlrd. t, gazniki 263 mln. m3 miqdorida baholangan. Kon eni 6 km, uz. 60 km boʻlgan oligotsenquyi miotsen davriga mansub asimmetrik antiklinal burmada joylashgan. Samarali katlamlari (qalinligi 300 m dan ortiq) as-mari svitasi va yuqori boʻr davri ohaktoshlaridan iborat. Kollektor jinslar yuqori gʻovakli va yoriqli. Qatlamning boshlangʻich bosimi 28,2 MPa, temperaturasi 77°. Neftning zichligi 850 kg/mh qovush-qokligi 5,7 sPz, tarkibida 1,42% S bor. Ogʻajari neft konik.da "National Iranian Oil Company" (N1OC) davlat korxonasi 60 ta favvo-ra qudukdan yiliga 31 mln. t dan ortiq neft olmokda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil