Ogʻa Xon III
Ogʻa Xon III | |
---|---|
![]() Ogʻa Xon III 1936-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 2-noyabr 1877-yil[1] |
Vafoti |
11-iyul 1957-yil (79 yoshda)[1] Versoix, Geneva yaqinida, Shveysariya |
Ogʻa Xon maqbarasi, Asvan, Misr | |
Dini | Shia |
Turmush oʻrtoq(lar)i |
|
Farzandlari |
|
Ota-onasi |
|
Mazhab | Ismoiliy |
Maktab | Nizari Ismaili |
Kelib chiqishi | Fotimiy |
Boshqa nomlari | Sulton Muhammad Shoh |
Ser Sulton Muhammad Shoh ((arabcha: سلطان محمد شاه) 1877 yil 2-noyabr – 1957-yil 11-iyul), Ogʻaxon III nomi bilan tanilgan (forscha: آقا خان سوم), shia tarkibidagi Nizoriy Ismoiliy boʻlimining 48-imomi boʻlgan. U Butun Hindiston musulmonlar ligasining (AIML) asoschilaridan biri va birinchi doimiy prezidenti edi. Uning maqsadi musulmon kun tartibini ilgari surish va Britaniya Hindistonida musulmon huquqlarini himoya qilish boʻlgan. Liga 1930-yillarning oxirigacha, katta tashkilot boʻlmagan, lekin tijorat bilan shugʻullanuvchi musulmonlarning manfaatlarini himoya qilgan, shuningdek, Britaniya Hindistoni davrida Britaniya taʼlimini keng yoyilishiga intilgan[2]. Ogʻa Xonning taʼlimga oid qarashlarida boshqa musulmon ijtimoiy islohotchilarning qarashlari bilan oʻxshashlik bor edi. Biroq, olima Shenila Xoʻja-Moʻlji uning ayollar taʼlimini rivojlantirishga alohida qiziqish bildirganini taʼkidlaydi[3]. Ogʻa Xon Britaniya Hindistoni musulmonlarini Hindiston tarkibidagi alohida millat, mashhur „Ikki millat nazariyasi“ deb hisoblashga chaqirgan. 1912-yilda u AIML prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqqanidan keyin ham liganing siyosati va kun tartibiga katta taʼsir koʻrsatgan. U 1932-yilda Millatlar Ligasida Hindiston vakili boʻlishga nomzod qilib koʻrsatilgan va Millatlar Ligasi 18-assambleyasining prezidenti (1937-1938) lavozimida faoliyat olib borgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 https://www.britannica.com/biography/Aga-Khan-III, Biography of Aga Khan III on Encyclopedia Britannica, Updated 18 September 2003, Retrieved 31 March 2017
- ↑ John Keay. India: A History. Grove Press, 2001 — 468-bet. ISBN 978-0-8021-3797-5.
- ↑ Khoja-Moolji, Shenila. Forging the Ideal Educated Girl: The Production of Desirable Subjects in Muslim South Asia. Oakland, CA: University of California Press, 2018 — chapter 2-bet. ISBN 978-0-520-29840-8.
- ↑ „Conferencing the International.“ (en).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Daftary, F., „The Ismaʼilis: Their History and Doctrines“, Cambridge University Press, 1990.
- Khoja-Moolji, Shenila. „Redefining Muslim women: Aga Khan III’s reforms for womenʼs education.“ South Asia Graduate Research Journal 20, no. 1, 2011, 69-94.
- Khoja-Moolji, Shenila. Forging the Ideal Educated Girl. The Production of Desirable Subjects in Muslim South Asia. Oakland: University of California Press, 2018.
- Naoroji M. Dumasia, A Brief History of the Aga Khan (1903).
- Aga Khan III, „The Memoirs of Aga Khan: World Enough and Time“, London: Cassel & Company, 1954; published the same year in the United States by Simon & Schuster.
- Edwards, Anne (1996). „Throne of Gold: The Lives of the Aga Khans“, New York: William Morrow, 1996
- Naoroji M. Dumasia, „The Aga Khan and his ancestors“, New Delhi: Readworthy Publications § Ltd., 2008
- Valliani, Amin; „Aga Khanʼs Role in the Founding and Consolidation of the All India Muslim League“, Journal of the Pakistan Historical Society (2007) 55# 1/2, pp 85–95.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Ogʻa Xon IIIga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() |
Vikiomborda Ogʻa Xon III haqida turkum mavjud |
- Video Clip from the History Channel website
- Institute of Ismaili Studies: Selected speeches of Sir Sultan Mahomed Shah Aga Khan III (Wayback Machine saytida 7 October 2010 sanasida arxivlangan)
- [1] (Wayback Machine saytida 10 July 2017 sanasida arxivlangan) The Official Ismaili Website
- [2] Official Website of Aga Khan Development Network
- Aga Khan materials in the South Asian American Digital Archive (SAADA)