Ogʻaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Og'aliqdan yoʻnaltirildi)

Ogʻaliq — Buxoro xonligidagi mansabdor shaxs; xon, amir maslahatchisi. Shayboniylar davrida joriy etilgan. Xonlikdagi 4 beklik (Chorjoʻy, Qar-shi, Shahrisabz va Kitob) uzoq, vaqt markaziy hokimiyatga boʻysunmay kel-ganlari tufayli xonlik bilan bekliklar aholisi oʻrtasida vositachilik rolini oʻynovchi O. mansabi taʼsis etilgan. Yurtning eng xurmatli, nufuzli oqsoqollaridan xalq yigʻinlarida O. mansabiga tavsiya etilgan kishiga amirlik tomonidan maxsus yorliq berilgan. O. xonlik va xalq oʻrtasidagi vakil hisoblanib, aholi turmushining barcha dolzarb masalalarini yechish huquqiga ega boʻlgan. Viloyat va salta-nat miqyosidagi eng muhim masalalarda ham O.qa murojaat qilingan. U xalq ommasini amaldorlarning turli tazyiqlaridan himoya qilgan. O.ning eng asosiy vazifasi — xalq bilan bek va amir oʻrtasida murosachilik yuritish, fuqarolar kayfiyatidan xabardor boʻlish hamda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli koʻngilsiz tasodiflarni bartaraf etishdan iborat edi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil