Kontent qismiga oʻtish

Odilxon eshon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Odilxon va familiyasi Salomov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Odilxon eshon (Odilxon Salomov Andijon shahri 1926-yil, 2009-yil Andijon shahri) – Andijon xalqi orasida Odilxon hojidada nomi bilan mashhur Naqshbandiya tariqati murshidi[1].

Odilxon eshonning bobosi Andijon shahrida mashhur Rustam qozi (1831-1913-yil) ismlik shaxs boʻlgan. Otasi Abdusalom Maxdum (1881-1937) 46 yoshida qatagʻon qurboni boʻlgan. Odilxon eshon otasi vafot etganida 11 yoshda boʻlgan. Dastlabki bilimni Andijonlik Aminjon maxdum, Muhammad Mubin qorilardan oʻrgangan. 1973-1975 yillarda Tojikistonlik Abdurashid qozi domladan diniy bilimlarni oʻrgangan. Keyin Namanganlik Soʻfixon toʻra, Toshkentlik Abdullaxon qori, Tojikistonlik Muhammad Sharif Hisoriylardan Naqshbandiya tariqati taʼlimini olgan

Odilxon eshon 1988 yildan Andijon viloyati tumanlarida masjidlar qurulishlariga bosh qosh boʻladi. 1990-yil Baliqchi tumanidagi Goʻravon mahallasidagi masjidni qayta taʼmirlashga bosh qosh boladi. 1990-yil Poytug' tumani, 1991-yil Izboskan tumanidagi masjidlarni taʼmirlashga oʻz xissasini qoʻshgan. 1991-yil Andijon shahrida Abdusalom maxdum nomlik madrasa ochgan. Ushbu madrasa 1992-1998 yillarda faoliyat olib borgan[2].

  1. Yo'ldoshxo'jaev, Haydarxon. Tariqatchilikning zamonaviy ko'rinishlari. Toshkent: Toshkent Islom Universiteti, 2010 — 81-bet. ISBN 978-9943-306-86-8. 
  2. Tojiboeva, Omina. Dillarga ingan Nur. Toshkent: Iste'dot ziyo press, 2021 — 280-bet. ISBN 978-9943-7450-5-6.