Ahmad Odilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Odilov Ahmad Odilovichdan yoʻnaltirildi)

Ahmad Odilovich Odilov (1928.21.7, Toshkent) — sozanda (chang), pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1952). Oʻzbek davlat filarmoniyasi xalq cholgʻu asboblari orkestri sozandasi (1943—57), Toshkent musiqa bilim yurtida oʻqituvchi (1944— 82) va direktor (1957—60). Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida oʻqituvchi (1948-yildan), professor (1977), changchilar ansambli tashkilotchisi va rahbari (1971-yildan). Ijro uslubi yuqori badiiy-texnik mahoratiga asoslangan. Keng qamrovli konsert repertuarida oʻzbek xalq kuylari ("Gulbahor", "Tanavor", "Sharof 1—2", "Jazoir", "Kurd" va boshqalar) va, ayniqsa, oʻzbek va chet el kompozitorlari asarlari keng oʻrin olgan. Chang uchun darsliklar, qoʻllanmalar muallifi. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.[1]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lutfullayev A., Ahmadjon Odilov, T., 1998.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil