Odiljon Xamrobekov
- Vikipediyada ismi Odiljon va familiyasi Xamrobekov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
|
Xamrobekov Paxtakor tarkibida (2020-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Odiljon Soxibjon o‘g‘li Xamrobekov[1] | ||
| Tavallud sanasi | 13-fevral 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Shoʻrqoʻrgʻon, Namangan tumani, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.78 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Traktorsozi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2018 | Nasaf | 70 | (2) |
| 2019—2021 | Paxtakor | 41 | (0) |
| 2021 | Shabab Al-Ahli | 8 | (0) |
| 2021—2023 | Paxtakor | 56 | (1) |
| 2024 | Navbahor | 23 | (1) |
| 2025 | Bunyodkor | 15 | (0) |
| 2025— | Traktorsozi | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2013 | Oʻzbekiston U-17 | 4 | (0) |
| 2014—2015 | Oʻzbekiston U-20 | 7 | (0) |
| 2018—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 6 | (0) |
| 2017— | Oʻzbekiston | 65 | (1) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 16-iyul uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2025-yil 16-iyul uchun) | |||
Odiljon Soxibjon o‘g‘li Xamrobekov (1996-yil 13-fevral tugʻilgan[2]) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Namanganning „Navbahor“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Nasaf“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi Xamrobekovni „Nasaf“ jamoasidan ikki yarim milliard soʻmga harid qilgani OAVlarda maʼlum qilingan[3][4]. 2019-yil 14-mart kuni „Paxtakor“ jamoasi futbolchisi sifatida tanishtirilgan[5].
2021-yil 5-martda BAAning „Shabab Al Ahli“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilingan[6]. 2021-yil 23-iyul kuni Xamrobekov Toshkentning „Paxtakor“ klubiga qaytib, 2022-yil oxirigacha shartnoma imzolagan[7][8]. 2021-yilgi mavsum dekabr oyida Oʻzbekiston Superligasining Transfermarkt talqiniga koʻra eng qimmat ikki futbolchisidan biriga aylangan[9][10][11].
2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[12]. 2025-yil 19-iyulda Eronning Traktorsozi klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[13].
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odiljon 2013-yilda BAAda boʻlib oʻtgan yoshlar (17 yoshgacha) jahon chempionatida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida toʻp surgan, Oʻzbekiston yoshlari 1/8 finalgacha yetib borgan, shuningdek, yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ham ishtirok etgan. U Oʻzbekiston yoshlar (20 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga 2015-yilda Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalga qadar yetib borgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar (23 yoshgacha) terma jamoasi bilan birga yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Osiyo chempioni boʻlgan va musoboqada sherilariga eng koʻp pas bergan futbolchiga aylangan[14].
2015-yildan Oʻzbekiston terma jamoasiga jalb etilgan[15]. Xamrobekov 2017-yilning noyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut oʻyinini oʻtkazgan[16]. Keyin Urugvay, Marokash, Senegal, Eron, Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibiga kiritilgan.
2024-yilning 3-fevral kuni Qatar terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan[17].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- O'yinlar 2021-yil 6-mart xolatiga ko'ra
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Boʻlim | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Paxtakor Toshkent | 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 20 | 0 | 4 | 0 | 1 | 1 | 7 | 0 | - | 32 | 0 | |
| 2020 | 21 | 0 | 4 | 0 | - | 8 | 0 | - | 33 | 0 | ||||
| Jami | 41 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 15 | 0 | - | - | 65 | 1 | ||
| Shabab Al Ahli | 2020-21 | BAA Pro ligasi | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | - | 8 | 0 | ||
| Karyera jami | 49 | 0 | 8 | 0 | 1 | 1 | 15 | 0 | - | - | 73 | 1 | ||
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2017 | 1 | 0 |
| 2018 | 8 | 0 |
| 2019 | 8 | 0 |
| 2020 | 1 | 0 |
| 2021 | 5 | 0 |
| 2022 | 9 | |
| 2023 | 5 | |
| Jami | 39 | 0 |
2023-yil 20-iyun kuni oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[18]
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nasaf
- Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrin sohibi (1): 2017-yil
- Oʻzbekiston Ligasi uchinchi oʻrin sohibi: 2013, 2014, 2015, 2016[19]
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (1): 2015-yil
- Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin sohibi (2): 2013, 2016
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (1): 2016
Paxtakor
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston Ligasi Chempioni (5): 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
- Oʻzbekiston kubogi sohibi (2): 2019, 2020
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi (2): 2021, 2022
- Oʻzbekiston liga kubogi sohibi (1): 2019
- Shabob al-Ahli
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[24].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. president.uz. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
- ↑ „"Насаф": Одилжон Ҳамробековни табриклаймиз!“ (2018-yil 13-fevral).
- ↑ „"Пахтакор" 2,5 миллиардлик трансферга қўл урди“ (2019-yil 5-fevral).
- ↑ „"Насаф" Ҳамробековнинг трансферидан 2,5 миллиард олади ва 20% улушни сақлаб қолади“ (2019-yil 5-fevral).
- ↑ „"Пахтакор" янги футболчиларни таништирди“ (2019-yil 14-mart).
- ↑ „Расман: Одил Ҳамробеков – "Шабаб Ал Аҳли" аъзоси“ (2021-yil 5-mart).
- ↑ „ОДИЛ ҲАМРОБЕКОВ "ПАХТАКОР"ГА ҚАЙТДИ“ (Uzbek). pakhtakor.uz/. Pakhtakor Tashkent FK (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 23-iyul.
- ↑ „Расман: Одил Ҳамробеков "Пахтакор" билан шартнома имзолади“ (2021-yil 23-iyul).
- ↑ „Топ-10. Суперлигадаги энг қиммат футболчиларни биласизми?“ (2021-yil 6-dekabr).
- ↑ „Суперлиганинг энг қиммат футболчисини биласизми? Легионерни-чи?“ (2021-yil 11-oktyabr).
- ↑ „⚡️ Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигаси футболчиларининг янги нархларини эълон қилди“ (2023-yil 23-dekabr).
- ↑ „Расман: Одилжон Ҳамробеков - “Навбаҳор” футболчиси!“ (2024-yil 30-yanvar).
- ↑ „«Трактор» Одил Ҳамробеков трансферини эълон қилди“ (2025-yil 19-iyul).
- ↑ „U-23 Осиё чемпионати. Одилжон Ҳамробеков - энг кўп пас берган футболчи“ (2018-yil 26-yanvar).
- ↑ „"Насаф": Олти нафар футболчи миллий терма жамоага чақирилди“ (2015-yil 15-avgust).
- ↑ UAE 1–0 Uzbekistan
- ↑ Osiyo Kubogi-2023 | 1/4 final03.02.2024 | 20:30 (Toshkent vaqti)QATAR – OʻZBEKISTON 1:1 LIVE // Championat.asia
- ↑ Odiljon Xamrobekov National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Покер қайд этган "саккизталик"“ (2016-yil 23-noyabr).
- ↑ „“Шабаб Ал Аҳли” БАА Лига Кубоги соҳиби!“ (2021-yil 6-may).
- ↑ „Cartabia penalties help Shabab Al Ahli Dubai to UAE President's Cup success“ (2021-yil 17-may).
- ↑ „Xamrobekov dedicates award to squad, fans“. the-afc.com (2018-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Одилжон Ҳамробеков - U-23 Осиё чемпионатининг энг яхши футболчиси!“ (2018-yil 27-yanvar).
- ↑ „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Odiljon Xamrobekov National-football-teams saytida
- Odiljon Xamrobekov Soccerway saytida
- Odiljon Xamrobekov Transfermarkt saytida
- Odiljon Xamrobekov Sportbox.ru saytida
- Odiljon Xamrobekov Footballfacts saytida
- 13-fevralda tugʻilganlar
- 1996-yilda tugʻilganlar
- Shoʻrqoʻrgʻonda tugʻilganlar
- Namangan tumanida tugʻilganlar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Nasaf klubi futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Shabab Al Ahli (Dubay) futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Tractor S.C. futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- BAA Pro-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari

