Odilbek Rustamov
Qiyofa
- Vikipediyada ismi Odilbek va familiyasi Rustamov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Odilbek Rustamov (1895 — Andijon — 1968) — sozanda (surnay, nogʻora), mehtar, Rustam mehtar Yusufalizodaning oʻgʻli. 1927—60 yillarda (turli vaqtlarda) Andijon teatrida ishlab, yosh xonanda, sozanda, raqqos(a)larga taʼlim bergan. Buzruk, Segoh, Dugoh, Iroq maqomlarining surnay yoʻllarini, shuningdek, "Adoiy", "Miskin", "Gul oʻyin" kabi ommabop raqs kuylarini mahorat bilan ijro etgan. Oʻzbekiston radio qoʻmitasi (1956) va Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutida (1963) Rustamov ijrosida 70 dan ortiq kuy yozib olingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Rustamov Odilbek" OʻzME. R-harfi (Wayback Machine saytida 2022-02-03 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |