Kakku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oddiy Kakkudan yoʻnaltirildi)
Kakku

Kakku, oddiy kakku (Cuculus canorus) — kakkusimonlar turkumiga mansub qush. Tanasining uz. 33—38 sm, ogʻirligi 100 g gacha. Qanoti kalta, dumi uzun. Pati koʻngʻir kulrang yoki qoʻngʻir sargʻish, qorin tomoni oqish boʻlib, qoramtir yoʻl-yoʻl. Yevropa va Osiyoning oʻrta va jan. hududlarida keng tarqalgan. Uchib ketadigan qushlardan. Uya qurmaydi, tuxumini chumchuqsimonlar uyasiga tashlab ketadi. Shuning uchun K. chumchuqsimonlar uya quradigan deyarli barcha biotoplarda tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma daraxtzorlarida uchraydi. May— avgust oylarida 12—25 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumdan ochib chiqqan K. joʻjasi uya egasining tuxumlarini uyadan chiqarib tashlaydi. Boshqa qushlarning uyasini buzishi tufayli K. birmuncha ziyon yetkazadi. Hasharotlar va ularning kurtlari, shu jumladan, boshqa qushlar tegmaydigan paxmoq qurt (tengsiz ipak qurti) bilan oziqlanib, foyda keltiradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil