Ochiq shahar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ochiq shahar (xalqaro huquqda) — urushayotgan tomonlardan biri himoyasiz deb eʼlon qilgan shahar. Ochiq shahar harbiy harakatlar maydoni boʻlishi mumkin emas. Ochiq shaharning huquqiy maqomi 1907-yil Gaaga konfe-rensiyasida qabul qilingan "Quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari toʻgʻrisida"gi qoidaga asoslanadi. Unga koʻra, himoyalanmagan shaharlar, qishloklar, turar joy yoki imoratlarga har qanday usulda hujum qilish yoki bombalar tashlash man etiladi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) vaqtida, mas, Parij, Rim Ochiq shahar deb eʼlon qilingan edi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil