Kontent qismiga oʻtish

Obodon qamali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Obodon qamali
Eron—Iroq urushi

Obodonda jang ramzi sifatida qoldirilgan vayron qilingan Iroqning T-55 tanki qoldiqlari.
Sanalar 1980-yil 6-noyabr – 1981-yil 27-sentyabr (10 oy 3 hafta)
Urush yeri Obodon, Xuziston, janubi-gʻarbiy Eron
Natija Eron gʻalabasi
  • Iroq qamali yorib oʻtilishi
Raqiblar
Iroq bayrogʻi Iroq Eron bayrogʻi Eron
Qoʻmondonlar
Saddam Husayn Ruhulloh Xumayniy
Mustafo Chamron
Harbiy birliklar
92-bronetank diviziyasi
Kuchlar
Dastlab 4 500 kishi
Eng choʻqqisida 60 000 kishi[1]
360–800 tank
6 000–15 000 kishi
dastlab 50–60 tank[2]
Yoʻqotishlar
1 500 qurbon
Yuzlab zirhli texnika yoʻq qilindi[2]
3 000 qurbon
170+ tank yoʻq qilindi[2]

Obodon qamali – 1980-yil noyabr oyidan boshlab Iroq qoʻshinlari tomonidan Eronning Obodon shahrni qamal qilish. Shahar esa urush boshlangan 1980-yil sentabrdan buyon deyarli har kuni bombardimon qilingan[3][4][5][6].

Obodon orolida dunyodagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri – Obodon neftni qayta ishlash zavodi joylashgan[7].

1980-yil sentyabrda Iroq prezidenti Saddam Husayn Eron ustiga kutilmagan hujum boshladi va keng front boʻylab Eron hududiga bostirib kirdi[8]. Obodon oroliga hujum qilish boʻyicha dastlabki reja BagʻdodBasra yoʻli boʻylab Xarkiya yaqinida Shatt ul-Arab daryosidan kuchaytirilgan zirhli diviziya oʻtishi, soʻng janubga burilib Xurramshahr va Obodon shaharlarini egallashi, keyin esa qolgan eronlik boʻlinmalar bilan jang qilishni nazarda tutgan. Bu kuchaytirilgan diviziyada 500–600 ta tank, maxsus kuchlar boʻlinmalari va jami 20 000 askar boʻlgan.

Xurramshahrga uyushtirilgan hujumdagi dastlabki muvaffaqiyatdan ruhlangan Iroq qoʻmondonlari 22-sentyabrda Qarun daryosidan oʻtib Obodon shahri chekkasiga yetib kelgan, ammo Eronning yarim harbiy kuchlari tomonidan kuchli qarshilikka uchrab, bir necha tank va zirhli texnikalardan ayrilgan holda daryoning gʻarbiy qirgʻogʻiga chekinishga majbur boʻlgan[9]. 2-oktyabr kuni qoʻmondonlar tanklar bilan birga Shatt ul-Arabdan 4 km yuqorida yana Qarun daryosidan oʻtishga muvaffaq boʻlib, qamalni boshlagan[10]. 4-oktyabrga kelib Iroq qoʻmondonlari Obodondan Ahvozgacha boʻlgan asosiy yoʻlni nazoratga olganini bildirgan[11], biroq Obodonga olib boruvchi koʻprikning toʻliq nazorati faqat noyabr oxiriga kelib oʻrnatilgan[12].

Iroq armiyasi davom etayotgan Xurramshahr jangi bilan band boʻlganligi sababli, dastlabki reja jiddiy ravishda oʻzgartirildi, Obodonni tezda bosib olish va egallash oʻrniga, endi reja Obodon ichidagi mahalliy Eron boʻlinmalarini ajratib qoʻyish va keyin orolni qamal qilish edi.

3-noyabr kuni Iroq qoʻshinlari Xuziston ustonidagi Obodonga yetib keldi. Eron qarshiligi juda kuchli boʻlgani uchun iroqlik qoʻmondonlar qoʻshimcha kuch chaqirdi. Zaiflashgan ikkinchi zirhli diviziya – 4 500 askar va 200 tank – Obodonning shimoli-sharqidan shaharni qurshab olish uchun yuborildi, ular Xurramshahr qamalda davom etayotganligi sababli Qarun daryosidan shahar shimolidan oʻtdi. Bu ikki Iroq diviziyasi nomaʼlum miqdordagi Eron qoʻshinlariga qarshi turdi, manbalarga koʻra, Xurramshahrni bitta brigada himoya qilgan, uni shimolda joylashgan ikki zaxira boʻlinma qoʻllab-quvvatlagan[13].

Iroqliklar Eronning Pasdaran boʻlinmasi tomonidan orqaga surilgan boʻlsa-da, Obodonning uch tomonini qurshashga va shahar hududining bir qismini egallashga muvaffaq boʻldi. Ammo ular kuchli qarshilikni yorib oʻtolmadi; eronliklar nazoratidagi hududlar tungi vaqtda qayiq va vertolyotlar orqali oziq-ovqat va yordam olardi. Qamal bir necha oy davom etdi, ammo Iroq Obodonni egallay olmadi. Shahar katta zarar koʻrdi, neftni qayta ishlash zavodi ham jiddiy shikastlandi yoki vayron boʻldi.

Iroqning iyun hujumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ruhiy tushkunlik kuchayib borar ekan va Shatt ul-Arab hali ham eronliklar tomonidan toʻsib qoʻyilganligi sababli, Saddam 1981-yil iyunda keng koʻlamli hujum buyurdi. Eron garnizoni Pasdaran, muntazam armiya va mahalliy Xuziston arab jangchilari bilan 15 000 askargacha mustahkamlangan edi. Iroq shaharga 60 000 askar va yuzlab tanklar bilan hujum boshladi[manba kerak], bu eronliklardan toʻrt baravar koʻp edi. Shunga qaramay, eronliklar iroqlik hujumlarini qaytarishga muvaffaq boʻlishdi. Eron oʻzining Cheftain tanklaridan samarali foydalandi.

Qamalni yorib oʻtish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1981-yil 22—27-sentyabr kunlari Eron Samen-ul-Aʼimma operatsiyasini amalga oshirdi. Bu jangda Eron birinchi katta inson toʻlqini hujumlaridan foydalandi. Obodon qamali yorildi, Eron 3 000 talafot koʻrdi, iroqliklar esa taxminan yarmicha zarar koʻrdi. Eron 2 500 asir oldi va yuzlab zirhli texnikalarni yoʻq qildi, ammo oʻzining 170 ta M47 Patton, M48, M60 Patton va Cheftain tanklarini yoʻqotdi.

15-oktyabr pistirmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

15-oktyabr kuni iroqliklar Obodondan 1,6 km masofaga kirib bordi va shahar tele-radio markazini egalladi. Shimolda esa, Dar Xuyya yaqinida iroqliklar katta Eron konvoyiga pistirma uyushtirdi, u Ahvozdan kelayotgan tanklar bilan himoyalangan edi. Eron kuchlari Obodon–Ahvoz yoʻli orqali qamalda qolgan himoyachilarga yordam yetkazmoqchi boʻlgan. Qisqa, ammo shiddatli jangda Iroqning T-55 va T-62 tanklari Eronning Cheftainlariga qarshi turdi. Har ikki tomondan taxminan bir batalon qoʻshin qatnashgan bu toʻqnashuv iroqliklar foydasiga hal boʻldi – „eronliklar kamida 20 ta Cheftain va boshqa zirhli texnikalarni tashlab, piyoda qochib ketgan“[13].

Qamal tugagach, Obodon deyarli vayronaga aylangan edi. Obodonga tahdid tugagan, eronliklar esa Iroqqa qarshi birinchi muvaffaqiyatli qarshi hujumni amalga oshirishga erishgan. Bu oxir-oqibat iroqliklarning Eron hududidan butunlay haydalishi va 1982-yilda Xurramshahr ozod etilishiga olib keldi.

  1. „Abadan Fight Rages“.
  2. 2,0 2,1 2,2 Razoux, Pierre. The Iran-Iraq War. Harvard University Press, 2015, 2015 — 131-bet. ISBN 978-0674915718. 
  3. „IRAN-IRAQ FIGHTING FLARES UP“. The New York Times (1981-yil 28-sentyabr).
  4. Aboul-Enein, Youssef; Bertrand, Andrew; Corley, Dorothy (12 April 2012). "Egyptian Field Marshal Abdul-Halim Abu Ghazalah on the Combat Tactics and Strategy of the Iran–Iraq War". Small Wars Journal. Ghazalah's Phased Analysis of Combat Operations (Small Wars Foundation). http://smallwarsjournal.com/jrnl/art/ghazalah%E2%80%99s-phased-analysis-of-combat-operations-part-two-of-three. 
  5. „Iraq tightens Abadan Siege“ (en-US) (2024-yil 4-mart). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  6. Intern, MERIP „Abadan“ (en-US). MERIP (2018-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-may.
  7. Kamin., Mohammadi; Elliott, Mark. Iran. Lonely Planet, 2004-01-01. ISBN 1740594258. OCLC 56651387. 
  8. "IRAQ vii. IRAN–IRAQ WAR". Encyclopædia Iranica. 15 December 2006. http://www.iranicaonline.org/articles/iraq-vii-iran-iraq-war. 
  9. Hoffpauir, Michael E. (June 1991). Tactical Evolution in the Iraqi Army: The Abadan Island and Fish Lake campaigns of the Iran-Iraq War. Ft. Leavenworth, Kansas: U.S. Army Command and General Staff College. p. 59. Archived from the original on 5 February 2012. https://web.archive.org/web/20120205202953/http://stinet.dtic.mil/cgi-bin/GetTRDoc?AD=ADA241169&Location=U2&doc=GetTRDoc.pdf. Qaraldi: 5 September 2012. 
  10. Fisk, Robert. The Great War for Civilisation, 2nd, London: Harper Perennial, 2006 — 226-227-bet. ISBN 9781841150086. 
  11. Hoffpauir, Michael E. (June 1991). Tactical Evolution in the Iraqi Army: The Abadan Island and Fish Lake campaigns of the Iran-Iraq War. Ft. Leavenworth, Kansas: U.S. Army Command and General Staff College. p. 61. Archived from the original on 5 February 2012. https://web.archive.org/web/20120205202953/http://stinet.dtic.mil/cgi-bin/GetTRDoc?AD=ADA241169&Location=U2&doc=GetTRDoc.pdf. Qaraldi: 5 September 2012. 
  12. Hoffpauir, Michael E. (June 1991). Tactical Evolution in the Iraqi Army: The Abadan Island and Fish Lake campaigns of the Iran-Iraq War. Ft. Leavenworth, Kansas: U.S. Army Command and General Staff College. p. 63. Archived from the original on 5 February 2012. https://web.archive.org/web/20120205202953/http://stinet.dtic.mil/cgi-bin/GetTRDoc?AD=ADA241169&Location=U2&doc=GetTRDoc.pdf. Qaraldi: 5 September 2012. 
  13. 13,0 13,1 Hoffpauir, Michael E. (June 1991). Tactical Evolution in the Iraqi Army: The Abadan Island and Fish Lake campaigns of the Iran-Iraq War. Ft. Leavenworth, Kansas: U.S. Army Command and General Staff College. pp. 158. Archived from the original on 5 February 2012. https://web.archive.org/web/20120205202953/http://stinet.dtic.mil/cgi-bin/GetTRDoc?AD=ADA241169&Location=U2&doc=GetTRDoc.pdf. Qaraldi: 5 September 2012.