Obodon Doʻsova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Obodon Doʻsova
Tavalludi 1935-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, ishchi
Unvoni
Mukofotlari

Obodon Doʻsova (1935-yil, Shovot tumani, Xorazm viloyati — ?) — Shovot tumanidagi Kirov nomli kolxoz brigadiri, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS aʼzosi (1957)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obodon Doʻsova 1935-yil Shovot tumanida tavallud topgan. Doʻsova dastlab oddiy kolxozchi, zveno boshligʻi, soʻngra mexanizator boʻlib ishlagan. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalashtirish va paxtadan yuqori hosil yetishtirishga katta hissa qoʻshgan. 5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1959—1962), Oʻzbekiston Kompartiyasi 17-syezdi delegati, Oʻzbekiston KP MK aʼzosi (1968). 2 marta Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1973, s. 158

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IV tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1973 — 640 bet.