Obinovvot (qovun navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obinovvot — oʻrtapishar qovun navi. Shakli tuxumsimon yoki dumaloq, oʻrtacha kattalikda (3–4 kg), faqat dum tomoni toʻrlaydi, baʼzan toʻrsiz boʻladi. Tusi toʻq sariq, Poʻstining kalinligi oʻrtacha, eti qalin (5—6,5 sm), oq, yumshoq, sershira, shirin, tarkibida 7,4—9,3% qand, shuningdek, 4,9—5,6% saharoza bor. Quruq moddasi 9,2%. Urugʻxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik, sariq. Urugʻi unib chiqqandan keyin 70—80 kunda pishadi. Hosildorligi 180— 200 s/ga. Uzok, muddat saqlashga, uzoq joylarga yuborishga yaroqsiz. Far-gʻona vodiysida, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida yetishtiriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil