Obid (ism)
Qiyofa
(Obidjondan yoʻnaltirildi)
| Obid | |
|---|---|
| (arabcha: عابد) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | sajda qiluvchi, sigʻinuvchi; ixlosmand; ruhoniy |
| Ota ismi |
Obid oʻgʻli, Obidovich Obid qizi, Obidovna |
| Ayollar uchun shakli | Obida |
| Yasama shakllari | Obidjon, Obidxon |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: عابد |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Obid (arabcha: عابد — sajda qiluvchi, sigʻinuvchi; ixlosmand; ruhoniy) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Obid Akramxoʻjayev — geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1966), Oʻzbekistonda (1964) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1959);
- Obid Asomov — oʻzbekistonlik qiziqchi va aktyor;
- Obid Hasanov — oʻzbekistonlik aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1973);
- Obid Ismatiy — sovet, tojik va oʻzbek shoiri, dramaturg, folklorshunos, tarjimon va yozuvchi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1934). Tojik teatrining asoschilaridan biri;
- Obid Jalilov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1939);
- Obid Joʻraboyev — oʻzbekistonlik futbolchi;
- Obid Nazirov — erkin kurash boʻyicha sport ustasi, xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi;
- Obid Sodiqov — kimyogar olim, jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1947). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960). S. sobiq SSSR Fanlar akademiyasi akademik (1972). Mehnat Qahramoni (1973). Kimyo fanlari doktori (1946), professor (1947);
- Obid Tolipov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1978);
- Obid Yunusov — sovet va oʻzbek aktyori;
- Obidjon Bakirov — rassom, pedagog. Oʻzbekiston xalq rassomi;
- Obidjon Hamidov — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
- Obidjon Maxmudov — Turkistondagi jadidchilik harakati vakili, yirik sarmoyador, noshir va jamoat arbobi;
- Obidjon Sayburhonov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1991);
- Obidjon Usmonov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
- Obidxon qori Nazarov — oʻzbekistonlik ulamo.
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„O“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati, 3-jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-6-8.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |