Ob-havoni oldindan aytish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ob-havoni oldindan aytish — atmosferada sodir boʻlayotgan jara-yonlar rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olgan qolda ob-havoning kelajakdagi holati (ob-havo prognozi) haqida ilmiy asosda maʼlumot berish. O.-h. o. a. muddatlari: oʻta qisqa muddatli (12 soatgacha), qisqa muddatli (1—2 sutka), oʻrta muddatli (3—10 kungacha), uzaytirilgan oʻrta muddatli (1 oygacha), oy, fasl prognozlariga boʻlinadi. Ob-havo prognozi alohida joy, hudud, trassa, viloyat va respublika hududi uchun berilishi mumkin. O.-h. o. a.da umu-miy va maxsus maqsadlar koʻzda tutiladi. Umumiy ob-havo prognozida eng muhim meteorologik elementlar (temperatura, bosim, budut, yogin, shamol), shuningdek, tuman, chang yoki qor boʻronlari, momaqaldiroq, dovul, oʻsimliklarni sovuq urishi, qor koʻchkilari, yaxmalak va boshqa meteorologik hodisalarning kelajakdagi oʻzgarishlari haqida maʼlumotlar beriladi. Xalq xoʻjaligining turli sohalari: mas, bulutlarning pastki va yuqori chegaralari, Yer sirtida va yuqori balandliklarda shamol tezligi va yoʻnalishi (aviatsiya uchun); yogʻin miqdori, havo temperaturasi, oʻsimliklarni sovuq urishi, qurgʻoqchilik va h.k. (qishloq xoʻjaligi uchun); qor boʻroni, kuchli jala, uzoqni koʻrish masofasi (temir yoʻl transpor-ti uchun) va boshqa uchun maxsus prognozlar ham tuziladi.

Sutkali O.-h. o. a. oʻtgan asrning60-yillarida boshlandi. 20-asrning 30-yillarida atmosferaning yuqori qatlamlarini sistematik oʻrganishga imkon beradigan radiozondningyaratilishi (sobiqSSSR da), atmosferada jarayonlarining fizik qonuniyatlarini chuqur oʻrganish Ob-havoni oldindan aytish o. a. usullarining takomillashishiga olib keldi. O.-h. o. a. uchun kerakli maʼlumotlar meteorologik st-yalardan sutka davomida bir necha marta telegraf yoki radio orqali olinadi. Ob-havo byurolarida Yer uchun sinoptik harita va yuqori qatlamlar uchun barik topografiya haritalari va boshqa tuziladi. Shular yordamida Yer sharining katta hududida ob-havo holati taxlil qilinib, barik si-stemalar, siklonlar, antitsiklonlar hamda havo massalari, atmosfera frontlarining siljish tezligi va yoʻnali-shi aniklanadi. Bu maʼlumotlar hamda joyning mahalliy xususiyatlari (Yer yuzasi landshafti, orografiyasi va h.k.) punkt, trassa yoki anik, bir r-n uchun O.-h. o. a. ga imkon yaratadi.

Uzok, muddatli O.-h. o. a. muammosi qisqa muddatli prognozga nisbatan ancha murakkab. Katta miqiyosdagi atmosfera jarayonlarining bir necha kundan bir necha oygacha davrdagi sirkulyasiyasi oʻrganilib, ularning almashinish krnuniyatlari va kelajakda qanday boʻlishi aniklanadi. Oylik prognozda oʻrtacha oylik temperatura va yogʻinlar miqdorining koʻp yillik meʼyordan qancha farq qilishi yoki ishorasi qanday boʻlishi haqida fikr yuritiladi va oy davomida boʻla-digan oʻzgarishlar haqida axborot beriladi. Oʻrta Osiyo mamlakatlari uchun oylik Ob-havoni oldindan aytish. o. a.ni Toshkentdagi gidrometeorologiya markazi amalga oshiradi.

Tohir Muxtorov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil