Obʼyektiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obʼyektiv — optik asbob yoki fotoapparatning obʼyektning teskari tasvirini hosil qiladigan qismi; bir necha linza yoki koʻzgulardan iborat boʻladi. Quyidagilarga boʻlinadi: 1) koʻrish trubasi va teleskop O.lari; tasvirni kichraytirib beradi; 2) mikroskop O.lari; tasvirni kattalashtirib beradi; 3) fotografik va proyek-sion O.lar; oʻz tuzilishi va ajrata olish qobiliyatiga qarab, ham kichraytirib, ham kattalashtirib beradi. Muhim koʻrsatkichlari: fokus masofasi (tasvirning masshtabini ifodalaydi), koʻrish maydoni bur-chagi, nur kirish tirqishi, yorugʻlik kuchi (nur kirish tirqishi diametrining fokus masofasiga nisbati) va ajrata olish qobiliyati.

O.lar tuzilishiga koʻra, linzali (refraktor, dioptriklar), koʻzguli (reflektor, katoptriklar) va koʻzgulinzali; ajrata olish xususiyatiga koʻra, universal, teleobʼyektiv, yorugʻligi kuchli, keng (tor) burchakli va boshqa xillarga boʻlinadi. Obʼyektgacha masofaga koʻra, ularni maʼlum (aniq) bir masofada joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan O. (mikroskop O., proyeksion O.); chek-siz uzoklikda joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan O. (kurish trubasi O.i, teleskop O. va kupchilik fotografik O.lar)ga bulish mumkin.

Teleskoplarda linza va koʻzgulinzali O.lar qoʻllaniladi. Refraktorlarsa 2 linzali O.lardan, astrograflaraa osmon yoritqichlarining su-rati olinadigan, 3 va 4 linzali O.lardan foydalaniladi.

Astronomik O.larga Yer sunʼiy yoʻldoshlarinn kuzatish sistemasida qoʻllaniladigan O.lar (yoʻldosh kame-ralari) va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi jismlar (mas, meteorlar) ning harakatini suratga olishda ishlatiladigan O.lar ham kiradi. Bu O.lar oʻz koʻrsatkichlari boʻyicha bir tomondan astrograf O.lariga oʻxshasa, ikkinchi tomondan fotografik O.larning baʼzi turiga oʻxshaydi.

Fotografik (kinoga olish va reproduksiyalashda qoʻllaniladigan) O.lar buyum tasvirini aniq hosil qilish bilan boshqa O.lardan farq qila-dy. Ishlatilishiga qarab, ular havas-korlik va kasbga oid fotografiyada; kinematografiyada qoʻllaniladigan, televizion, reproduksion, flyuoro-grafik, astrografik va boshqalarga boʻlinadi. Mikroskop O.lari boshqa O.lardan buyumga juda yaqin turishi bilan farq qiladi. Bunday O.larning eng takomillashgani planaxromat va pla-napoxromatlardir. Xossalari ji-hatidan fotofafik O.ga yaqin boʻlgan spektral asboblar O.lari; lazerlar bilan ishlatiladigan O.lar va boshqa O.ning alohida guruhiga kiradi.

Fotoapparat obʼyektivi (chapda); mikroskop obʼyektivi sxemasi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil