Oqiljon Husanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(OQILJON HUSANOVdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Oqiljon Husanov (1932. 04, Jizzax tumani, Ravotlik qishlog‘i-2011-yil vafot et.) — shoir. Oʻrta maktabni bitirgach (1940—1949), Samarqand dorulfununida (1949— 1954) taʼlim oladi. Samarqand viloyat gazetasi „Lenin yo‘lida“ musahhihlikdan masʼul kotib darajasigacha bo‘lgan lavozimga ko‘tariladi. Toshkentda „Mushtum“ (1960), „Sharq yulduzi“ (1967-1979) oynomalarida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, masʼul kotib sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Oqiljon Husanov „Guliston“ (1980-2011) oynomasida turli lavozimlardan bosh muharrir o‘rinbosari darajasigacha xizmat qildi.

Asarlari[tahrir]

  • „Qo‘shiqchining taqdiri“ (1963)
  • „Samarqand bulbuli“
  • „Mehri daryolar“ (1971)
  • „Bo‘lmagapga bo‘lishma“ (1973)
  • „Qashqar go‘zali“ (1976)
  • „Tog‘da o‘sgan bola“ (1975)
  • „Tog‘da o‘sgan bola yohud jiyapning yangi sarguzashtlari“ (1980)
  • „Sirli odam“ (1980)
  • „Bulbulning go‘shti“ (1977)
  • „Taqilmagan uzuk“ (1983)
  • „Baxt qayerda“ (1987)
  • „Qishloqqa sayohat“ (1988)
  • „Ucholsa ham ucholmagan turna“ (1990)
  • „Ustaning muhabbati“ (1991)
  • „Go‘ro‘g‘li qissasi“

Oqiljon Husanovning yuqorida keltirilgan asarlarida pokiza va beg‘ubor yoshlik kechinmalaridan, ularning yechilgan yoxud yechilmay qolgan orzu-armonlaridan, muhabbat sarguzashtlaridan hikoya qiladi. Uning ko‘p asarlari rus va qardosh xalqlar tillarida ham chop etilgan.

Yozuvchi 1982-yilda Oʻzbekistopda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993

Havolalar[tahrir]