O‘zbekiston zamonaviy san’at muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
{{{nomi}}}
Joylashuvi {{{joylashuvi}}}
Location Xorazm viloyati, Urganch shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 21-uy


Oʻzbekiston Zamonaviy san’at muzeyi (CAMUZ) – rasmlar galereyasi koʻrinishidagi noyob muzey.  U 1983-yilda Urganch shahrida 1910-yilda qurilgan  birinchi pochta binosida ochilgan.  Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Tashkil topish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Zamonaviy san’at muzeyi (CAMUZ) – rasmlar galereyasi koʻrinishidagi noyob muzey.  U 1983-yilda Urganch shahrida 1910-yilda qurilgan  birinchi pochta binosida ochilgan.  Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

2022-yil 14-yanvardan boshlab muzeyga Tashova Shirin Abdirapikovna rahbarlik qilib kelmoqda.

Muzeyning faoliyati muzey kolleksiyasini saqlash va toʻldirish, zamonaviy sanʼatni va muzey toʻplamini ilmiy oʻrganish va targʻib qilish kabi maqsadlarga yoʻnaltirilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston zamonaviy san’at muzeyining taqdim etilgan eksponatlar bilan tanishish mumkin boʻlgan ikkita filiali ham mavjud:

1. Urganch shahridagi “Lazgi” muzeyi;

2. Urganch shahridagi hofiz Komiljon Otaniyozov uy-muzeyi;

Muzeyning tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimiy ekspozitsiyalarda tashrif buyuruvchilarga 1000 ga yaqin saralangan rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asarlari taqdim etilmoqda, ularning mualliflari Oʻzbekiston madaniy merosida  iz qoldirgan turli maktab va yoʻnalishdagi 200 dan ortiq mashhur va mashhur boʻlmagan rassomlardir.

Muzey eshiklari nafaqat Oʻzbekiston rassomlari, balki boshqa xalqlar va madaniyatlar san’ati namoyandalari uchun ham ochiq.  Bu yerda Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Polsha, Shveysariya va boshqa davlatlar vakillari bilan hamkorlikda koʻrgazmalar oʻtkazilgan.

Muzey 4 ta zaldan iborat:

1. Haykaltaroshlik zali;

2. Xorazm ustalari zali;

3. Grafika zali;

4. Zamonaviy san’at zali;

Bu yerda har bir tashrif buyuruvchi oʻzining badiiy ehtiyojlarini qondira oladi.

Shuningdek, muzeyda kim oshdi savdosi zali va tobora boyitilib borayotgan kutubxona ham mavjud.

CAMUZ manbalarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. https://lex.uz/docs/3451889

2. https://lex.uz/ru/docs/5465578

3. http://www.camuz.uz