Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Qisqartma OʻzRYSSV
Turi davlat idorasi
Maqomi amalda
Shiori Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va sportni ommalashtirish
Ishga tushgan sanasi 2022-yil 30-dekabr
Vazir Adham Ikromov[1]
Vazirning birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev[2]
Vazir oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov[3]
Bosh mahkamasi 2-uy, Abdulla Qodiriy koʻchasi, Toshkent, 100017
Vebsayti minsport.uz
Map

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar siyosati, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi[4].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilda Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi sifatida tashkil etilgan. 2001-yilda Madaniyat vazirligi bilan birlashtirilgan. 2017-yilda jismoniy tarbiya va sport Davlat qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etilgan. 2018-yil 5-mart kuni davlat qoʻmitasidan vazirlikka aylantirilgan[4]. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabr kuni mamlakatdagi vazirlik va idoralar soni 61tadan 28taga qisqartirilishini maʼlum qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yangi tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga biriktirildi. Adham Ikromov vazir etib tayinlandi. Alisher Saʼdullayev barcha lavozimlarini saqlab qolgan holda, vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi[5].

Vazirlikning tashkiliy tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 7-aprel kuni vazirlikning tashkiliy tuzilmasi quyidagi tartibda tasdiqlangan[6]:

Yoshlar ishlari agentligi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari.

Oliy sport mahorati instituti.

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.

O‘zbekiston dzyudo akademiyasi.

Xalqaro shaxmat akademiyasi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari.

Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari

Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari

Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi

Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi

Respublika velosport mahorat maktab-internati

Sportning eshkak eshish va gimnastika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari

Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi

Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari

Sport maktablari

Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi

„Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi“ MChJ

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]