Xlorozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xlorozlar (yun. chloros — och yashil, yashilsargʻish), oʻsimlik barglarining rangeizlanishi — barglarning kisman yoki butunlay sargʻayishi bilan kechadigan kasallik. X.da bargda xlorofill hosil boʻlishi buziladi va fotosintez jarayoni susayadi (barglarning maydalashuvi, ularning barvaqt toʻkilishi, poya uchlarining qurishi, ildiz tuklarining nobud boʻlishi va boshqa kuzatiladi). Patogen mikroorganizmlar, tuprokda temir va boshqa mikroelementlarning yetishmasligi hamda yuqori namlik sabab boʻladi. Koʻproq mevali va manzarali oʻsimliklar zararlanadi. Infeksion (yuqumli) X.ga virus lar, zamburugʻlar va boshqa mikroorganizmlar, shuningdek, virusli X.ni tarqatuvchi zararkunandalar (tripe, shiralar va boshqalar) sabab boʻladi. Irsiy X. (ola chiporlar) manzarali oʻsimliklarning maʼlum shakli va navlari uchun normal holat. Noinfeksion yoki funksional X. noqulay tuproqiqlim sharoiti hamda ekinlarni oʻstirish texnologiyasi buzilganda kelib chikib, tabiatda koʻproq uchraydi. Noinfeksion X. mineral oziq moddalar — temir, rux, magniy va boshqa yetishmasligi yoki ular faolligining buzilishi natijasida yuz berishi mumkin. Xlorozlar qishloq xoʻjaligi ga katta zarar keltiradi. Karbonat angidrid gazining oʻzlashtirilishi va organik moddalar hosil boʻlishining keskin susayishi tufayli kasallangan oʻsimlik oʻsish hamda rivojlanishdan orqada qoladi, hosil kamayadi va sifati yomonlashadi. Sugʻorib yetishtiriladigan ekinlarda X. karbonat tuzlariga boy tuprokli joylarda koʻp kuzatiladi, chunki karbonatlar temir tuzlarini suvda erimaydigan birikmalarga aylantirib yuboradi, temir yetishmasligi sababli barglar rangsizlanadi. Shuningdek, ekinlarda X. suv kuchli minerallashganda, yaʼni tuprokda har xil mineral tuzlar koʻp boʻlganda ham yuz berishi mumkin.

Kurash choralari: yerga temir tuzlari, mineral va mikrooʻgʻitlar solish, drenajlar qurish, soʻruvchi hasharotlar va begona oʻtlarga qarshi kurash, almashlab ekish, kuzgi shudgorlash.