O‘rol Tansiqboyev memorial uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻrol Tansiqboyev memorial uy-muzeyi
inglizcha: House-Muzeum Of the Peoples
Artist Akademician Painter Ural Tansykbayev
Дом-музей_Урала_Тансыкбаева.JPG
Asos solingan sana 1981 16-yanvar
Joylashuvi Oʻzbekiston
Toshkent
Boʻz-1 dahasi, 5-uy

Koordinatalari: 41°20′4.99″N 69°19′52.00″E / 41.3347194°N 69.3311111°E / 41.3347194; 69.3311111 G O

Oʻrol Tansiqboyev memorial uy-muzeyi (inglizcha: House-Muzeum Of the Peoples Artist Akademician Painter Ural Tansykbayev) — Oʻzbekiston xalq rassomi Oʻrol Tansiqboyevga bagʻishlangan[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur muzey 1981-yil 16-yanvarda Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi filiali sifatida ochilgan. Uning asoschisi va birinchi direktori Oʻrol Tansiqboyevning bevasi Yelizaveta Yakovlevna boʻlgan. 1988 yil rassomning jiyani hisoblangan Taxoyev Sulton Ibragimovich qoʻliga oʻtgan. Keyinchalik 2012 yil direktor vazifasini bajaruvchisi etib Nodirbek Pirmuxamedov tayinlangan.

Uy-muzeyga kirish

1994-yil Oʻrol Tansiqboyevning 90 yilligi munosabati bilan muzey qoshida koʻrgazmalar zali ham tashkil etildi.

Ushbu memorial uy-muzey faoliyati Oʻzbekiston tasviriy boy sanʼatini Xalq rassomi, akademik Oʻrol Tansiqboyev hayoti va ijodi sifatida oʻrganish, saqlash, ommalashtirish, namoyish etishga qaratilgan. Muzeyning koʻrgazmalar zalida shaxsiy va guruh koʻrgazmalarini oʻtkazishdan iborat. Bundan tashqari, muzeyning asosiy vazifalaridan biri tasviriy sanʼat mutaxassislariga ilmiy-uslubiy yordam berish, muzey arxivi asosida oʻquv muassasalari uslubiy xonalarni tashkil etishdir.

Mazkur muzeyga quyidagi binolar kiradi:

  • Asosiy bino — memorial qism (ikki qavatli kottej), rassom umrining oxirgi 7 yili ushbu binoda oʻtkazgan (1967—1974-yil);
  • Maʼmuriy binolar (maʼruzalar zali);
  • Rassomning 90 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan jamgʻarmalar saqlanadigan ikki qavatli koʻrgazmalar zali (galereya)
  • Rassom oʻzi yaratgan, muzeyni oʻrab turgan bogʻ ham memorial sanaladi.Mana ko‘p yillardir-ki shaharning ko‘pqavatli binolari shovqin-suronli hovlisida taniqli xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning uy-muzeyi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur xotira uy-muzeyi 1981 yilda ochilgan bo‘lib, ustaxona, mehmonxona, yotoqxona, ishxona, ayvon hamda turfaxil gullar va o‘simliklar ko‘rinib turgan peshayvonni o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida rassom qalamiga mansub 400 dan ortiq asarlar mavjud. Mazkur uyda buyuk rassom yashab o‘tgani xotirasiga 1976 yilda xotira-ustaxonasi ochilgan. Unda rassom ijod namunalari ekspozitsiyasi, rassom hayoti va ijodiga oid xujjatli materiallar, molbert, bo‘yoqlar uchun stolchalar, fotoxujjatlar va musavvirning chet el muzeylarida saqlanayotgan asarlaridan nusxalar bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Зиядуллаев С. К. Ташкент. Энциклопедия. Ташкент: Главная редакция УзСЭ, 1983 — 416 bet.  (ст. «Дом-музей У. Тансыкбаева»)