Oʻrilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘rilishdan yoʻnaltirildi)

Oʻrilish — toʻqima (mato, gazlama) toʻqishda arqoq (koʻndalang ip) va tanda (boʻylama ip) ning oʻzaro birlashishi. Toʻqima siyrak yoki zich Oʻ.da toʻqilishi mumkin. Toʻqimaning tanda boʻyicha zichligi arqoq boʻyicha zichligidan farq qiladi yoki ular bir xil boʻladi. Toʻqimaning 10 sm eniga toʻgʻri keladigan tanda iplari soni tanda boʻyicha zichligi, arqoq iplari soni arqoq boʻyicha zichligi deb ataladi. [[Toʻquvchilik Oʻ.larining turi koʻp. Ular toʻqimaning tuzilishi (mas, zich yoki siyrakli) va xossalariga bogʻliqboʻladi. Toʻqima oʻngidagi guli, sirtining silliqligi yoki gʻadirbudurligi (relyefi), koʻndalang va boʻylama yoʻllari boryoʻqligi, tovlanib turishi tanda va arqoq iplarining U. turiga bogʻliq boʻladi. Oʻ.lar gazlamaning pishiqligiga, choʻziluvchanligiga, kirishishi yoki choʻzilishi va boshqalar xossalariga taʼsir qiladi.

[[Toʻquvchilik Oʻ.lari oddiy (tekis), mayda gulli, murakkab va yirik gulli turlarga boʻlinadi. Har qaysi Oʻ. turida tanda boʻyicha rapport (Oʻ. gulini hosil qiladigan iplar soni) va arqoq boʻyicha rapport farqlanadi. Tanda boʻyicha rapport Oʻ. gulini hosil qiladigan tanda iplari soni, arqoq boʻyicha rapport Oʻ. gulini hosil qiladigan tanda iplari soni. Mas, tanda boʻyicha zich toʻqimada tanda iplari soni koʻp, arqoq boʻyicha zich toʻqimada arqoq iplari soni koʻp boʻladi va aksincha. Gazlamada qanday gul hosil qilinishi rapportga bogʻliq boʻladi.

[[Toʻquvchilikda eng keng tarqalgan Oʻ. oddiy Oʻ. hisoblanadi. Oddiy Oʻ.ga polotno, sarja, atlas va satin Oʻ.lar kiradi (rasmga q.). Bu oʻrilishlarda arqoq ipi bilan faqat bir marta oʻrilishadi. Har doim tanda ipi boʻyicha rapport arqoq boʻyicha rapportga teng boʻladi. Oʻzbekistonda qadimdan qoʻllanib ke linadigan Oʻ. atlas Oʻ. hisoblanadi. Mas, besh ipli atlas Oʻ. Rapportdagi har qaisi tanda ip toʻrtta arqoq ipi ustida yotadi va bitta arqoq ipi tagidan oʻtadi. Demak, atlas Oʻ.li gazlamaning oʻngi asosan tanda iplaridan iborat boʻladi.

Mayda gulli, murakkab va yirik gulli Oʻ.lar bir-biridan tanda boʻyicha rapport va arqoq boʻyicha rapportning nisbati bilan farqlanadi (qarang [[Toʻquvchilik).

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Olimboyev E.Sh. va boshqalar, [[Toʻquvchilik texnologiyasi va toʻquv stanoklari, T., 1987.