Oʻquv yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘quv Yo‘lidan yoʻnaltirildi)

Oʻquv yoʻli (musiqada) — turkumli asarlarda, odatda, cholgʻu qismlar (cholgʻu yoʻli)san keyin navbatmanavbat, oʻzaro bogʻliq tarzda ijro etiladigan ashulalar ifodasi. Mas, Miskin nomli turkumning 1-qismi cholgʻu kuy, 2, 3, 4 (Adoyi, Asiriy, Chapandoz nomli doira usulida ijro etiladigan) qismlari Oʻquv yoʻli, yakuniy qismi esa soqiynoma usulidagi cholgʻu yoʻllaridan iborat.

Katta hajmdagi mumtoz maqom namunalari (Chorgoh, Segoh, Dugoh, Fargʻona Nasrullosi, Bayot va boshqalar)ning koʻpchiligi cholgʻu yoʻllari hamda Oʻquv yoʻlidan tashkil topadi. Ularning Oʻquv yoʻli cholgʻu asar tarzida ham yakka va joʻrnavozlikda ijro etilishi mumkin. Bular asosida esa bastakorlar tomonidan qator bir qismli yoki turkumli ashula namunalari (mas, I.Ikromovning "Munojot" ashulasi, F.Mamadaliyevning "Miskin", "Nasrulloyi" turkumlari) yaratilgan.