Oʻgi begi xonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(O‘gi Begi Xonimdan yoʻnaltirildi)

Oʻgi begi xonim (asl ismi Tagʻayshoh) (? — 1382) — Amir Temurning katta qizi. Onasi Turmush Ogʻo. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Oʻgi begi xonim husn bobida tengi yoʻq, aql-idrokda benazir boʻlgan. Amir Temur bu qizini yaxshi koʻrgan va oʻziga yaqin tutgan. Oʻgi begi xonimni amir Musoning oʻgʻli Muhammadbekka nikoh qilganlar. Oʻgi begi xonim Muhammadbekdan bir oʻgʻil tuqqan, ismi Sulton Husayn Mirzo. 1382-yilda Oʻgi begi xonim bedavo kasallikdan vafot etgan.