„Vaqf“ xayriya jamoat fondi
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
|
| |
| Turi | Jamoatchilik fondi |
|---|---|
| Maqomi | Faoliyat yuritmoqda |
| Maqsadi | Xayriya |
| Tan olingan yili | 2018-yil |
| Joylashuvi | Toshkent, Shayxontohur tumani, Suzuk-ota ko'chasi 43. |
| Hududiy xizmati | Uzbekiston |
| Vebsayti | https://vaqf.uz/oz |
| Til(lar)i | Oʻzbek |
| 869G+79 Ташкент, Узбекистан | |
„Vaqf“ xayriya jamoat fondi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi „Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5416-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan xayriya jamoat fondidir. Fondning asosiy maqsadi diniy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning infratuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga yordam berishdan iborat.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan PF-5416-sonli Farmonga binoan „Vaqf“ Xayriya Jamoat Fondi tashkil etildi. Fondning tashkil etilishi mamlakatda diniy-maʼrifiy sohani rivojlantirish, masjidlar va diniy taʼlim muassasalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadiga qaratilgan edi.
Rahbariyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sardor Rahimxon 2023-yil 1-noyabrda „Vaqf“ xayriya jamoat fondi rahbari oʻrinbosari – xayriya ishlari boʻyicha direktori etib tayinlandi.
Fondining hozirda Salamov Jaxongir rahbarlik qilmoqda.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Vaqf“ Xayriya Jamoat Fondi quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi:
Masjidlar va diniy taʼlim muassasalari binolarini qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish;
Diniy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va oʻquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;
Xayriya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Vaqf“ xayriya jamoat fondi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi kun.uz (2018-yil 13-may)
- „Vaqf“ xayriya jamoat fondi qanday ishlaydi va vaqf nima? kun.uz (2018-yil 11-iyul)
- Vaqf fondi Qoraqalpogʻistonning olis 21 ta hududida toza ichimlik suvi chiqardi xabar.uz (2021-yil 9-aprel)
- Nogironligi boʻlgan shaxslar „VAQF“ xayriya jamoat fondi tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanyapti? sharoitplus.uz (2022-yil 3-oktyabr)
- „Vaqf“ xayriya jamoat fondi tomonidan Akademiya talabalar turar joyiga sovgʻalar topshirildi iiau.uz (2023-yil 23-dekabr)
- „Vaqf“ xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi daryo.uz (2023-yil 18-yanvar)
- Vaqf xayriya jamoat fondining faoliyati sammuslim.uz (2019-yil 7-mart)
- „Vaqf“ fondi 6 oyda 16,6 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni xayriya qildi gazeta.uz (2023-yil 19-iyul)
- „Vaqf“ fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda qariyb 1 mlrd soʻm xayriya qildi gazeta.uz (2023-yil 23-yanvar)
- Akademiya va „Vaqf“ xayriya jamoat fondi oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi iiau.uz (2023-yil 23-dekabr)
- «Vaqf» fondi Turkiyaga 10 mingga yaqin kiyim va zarur jihozlardan iborat gumanitar yordam yubordi kun.uz (2023-yil 11-fevral)
- „Vaqf“ fondi yarim yilda amalga oshirilgan xayriya haqida maʼlumot berdi kun.uz (2023-yil 19-iyul)
- Xayriya tadbirlari davom etmoqda uza.uz ( 2025-yil 13-mart)
- 2022 yilda «Vaqf» fondi tomonidan 11,5 mlrd so‘m xayriya sifatida sarflandi kun.uz ( 2023-yil 18-yanvar)