Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston futzal federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston futzal federatsiyasi
Turi Nodavlat notijorat tashkilot
Maqomi Federatsiya
Shiori Oʻzbekistonda futzalni rivojlantirish
Maqsadi Oʻzbekiston futzal klublarini rivojlantirish
Futzal musobaqalarini oʻtkazish
Ishga tushgan sanasi 1-yanvar, 2025-yil (12 oy avval) (2025-01-01)
2001—2002 – Oʻzbekiston mini-futbol (futzal) federatsiyasi
2004—2017 – Oʻzbekiston futzal federatsiyasi
2017—2025 – Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi[1]
Joylashuvi Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Armugʻon MFY, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 14-b uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Prezidenti Bekzod Mamatkulov
Vitse-prezidenti Aziz Akbarjonov
Bosh kotibi Maʼrufjon Abdullayev
Bosh mahkamasi Federatsiya
Vebsayti futsal.uz
Hamkor tashkilotlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi
Oʻzbekiston Professional futbol ligasi
Map

Oʻzbekiston futzal federatsiyasi (Ўзбекистон футзал федерацияси) – Oʻzbekistonda futzalni nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tashkilot. Milliy chempionat, kubok va boshqa musobaqalarni oʻtkazish, ayollar va erkaklar milliy terma jamoasini boshqarish, mini-futbol, sohil futbolini qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va ommalashtirish bilan shugʻullanadi.

2001—2002-yillarda Oʻzbekiston mini-futbol (futzal) federatsiyasi, 2004—2017-yillarda Oʻzbekiston futzal federatsiyasi, 2017—2025-yillarda Oʻzbekiston futzal assotsiatsiyasi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2025-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston futzal federatsiyasi sifatida tashkil etildi va alohida tashkilot oʻlaroq faoliyatini boshladi[2][3].

Oʻzbekistonda futzal musobaqalari (Oliy liga, kubok va boshqa) oʻtkazilishini 2017-yildan 2025-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasi nazorat qilgan[4].

Maqsad va vazifalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oʻzbekistonda mini-futbol (futzal) boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish;
  • Mini-futbolni (futzal) va sohil futbolini ommalashtirish va targʻib qilish, uning manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilish;
  • Futbolchilar, murabbiylar, hakamlar va futzal mutaxassislarining malakasini oshirish;
  • Futzalning axborot, ilmiy-uslubiy va texnik bazasini qoʻllab-quvvatlash;
  • Assotsiatsiya aʼzolari, futzal faxriylari, futbolchilar, murabbiylar, hakamlar, faoliyati futzal bilan aloqador boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash.

„BMB Holding“ shirkati asoschisi va kuzatuv kengashi raisi, huquqshunos va tadbirkor Bekzod Mamatkulov 2024-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston futzal federatsiyasiga rais etib saylandi[5].

Murabbiylar kengashi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Gennadyevich Petrov – kengash raisi, AGMK futzal klubi bosh murabbiyi.

Bahodir Yoʻldoshboyevich Ahmedov – kengash raisining oʻrinbosari, Jizzax-Kenteks futzal klubi bosh murabbiyi.

Nodir Bahodirovich Eliboyev – kengash aʼzosi, Oʻzbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi.

Abdulla Saʼdullayevich Boʻriyev – kengash aʼzosi, Bunyodkor futzal klubi bosh murabbiyi.

Konstantin Aleksandrovich Sviridov – kengash aʼzosi, Oʻzbekiston yoshlar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi.

Fuzuliy Furqat oʻgʻli Xayrullayev – kengash aʼzosi, Oil star futzal klubi bosh murabbiyi.

Shuhrat Farhod oʻgʻli Tojiboyev – kengash aʼzosi, Paxtakor futzal klubi bosh murabbiyi.

Ahadjon Ahmadjonovich Yusupov – kengash aʼzosi, Lokomotiv futzal klubi bosh murabbiyi.

Farrux Yusupovich Zokirov – kengash aʼzosi, Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi bosh murabbiyi.

Dilshod Mamaraimovich Haydarqulov – kengash aʼzosi, Dinamo futzal klubi bosh murabbiyi.

Rustam Oqiljonovich Zuparov – kengash kotibi, Oʻzbekiston futzal federatsiyasi terma jamoalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi[6].

Jahongir Zabihullayevich Rahmatullayev – Musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi;

Gʻayrat Maratovich Azizxoʻjayev – Xalqaro aloqalar va marketing boʻlimi boshligʻi;

Omonboy Mirzahakim oʻgʻli Toʻxtamirzayev – Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi;

Oybek Neʼmatjonovich Yunusov – Media va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi.

Tasarrufidagi musobaqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionati asosiy divizioni. Unda futzal boʻyicha mamlakatning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi[7].

Futzal oliy ligasi 2007-yildan beri oʻtkazib kelinadi[8].

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Kubogi – Futzal Oliy ligasi va Futzal Birinchi ligasi jamoalari qatnashadigan har yilgi musobaqa[9].

Futzal boʻyicha Oʻzbekiston Birinchi ligasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha Birinchi liga bahslarida professional hamda yarim-professional futzal jamoalari ishtirok etadi. Klublar Futzal Birinchi ligasida Oliy liga yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun bahs olib borishadi. Futzal Birinchi ligasidagi jamoalar soni – 10ta[10]

Futzal U18 chempionati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futzal boʻyicha U18 chempionatiga 2022-yilda asos solingan. Musobaqa Futzal boʻyicha Oliy liga klublari qoshidagi 18 yoshgacha boʻlgan futzalchilardan iborat jamoalar ishtirokida tashkil etiladi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Litsenziyalash jarayoni shartlaridan biri hisoblanadi.[11]

Hamkorlikdagi musobaqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yildan buyon BMB Holding investitsion konsalting shirkati Oʻzbekistondagi futzal musobaqalariga homiylik qilib keladi. 2010-yilda „Sanoatqurilishbank“ tomonidan futzalga homiylik qilish boshlangan. Oʻsha vaqtda bank homiyligida futzal klubi ham tashkil topgan[12]. 2025-yil 6-mart kuni Oʻzbekistondagi keramogranit va keramik plita ishlab chiqaruvchi „Orient Ceramic“ shirkati Oʻzbekiston futzal federatsiyasi rasmiy homiysi boʻldi.