Oʻzbekiston davlat tuzumi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davlat Tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilning 31-avgustida Oʻzbekiston tarixining yangi davri boshlandi. Mamlakat tarixida juda muhim ahamiyat kasb etgan bu kunda OʻzR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi chaqirildi. Oliy Kengash «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida» qaror qabul qildi. Sessiyada «Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi. Unda Oʻzbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat — Oʻzbekiston Respublikasi etilganligi tantanali ravishda eʼlon qilindi. 1 sentyabr Mustaqillik kuni deb eʼlon qilindi. Sessiya «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari toʻgʻrisida»gi qonunni tasdiqladi.

Oʻzbekistonning mustaqillikka erishish jarayonining asosiy oʻziga xos xususiyati shundan iborat boʻldiki, respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va qatʼiyatligi, uzoqni koʻra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga erishuvi tinch, demokratik, parlament yoʻli bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliklarsiz amalga oshdi. 1992-yili dekabr oyida 26 bobdan va 128 moddadan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mustaqil davlat qurish yoʻlidagi muhim bosqich boʻlib qoldi. Konstitutsiyada — fuqarolarning asosiy huquq va erklari, davlat tuzimiga asos soluvchi tamoyillar mustahkamlangan.

Davlat hokimiyati tuzimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umum qabul qilingan demokratik tamoyillarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida hokimiyat uchga boʻlinadi:

Bulardan har qaysisi oʻzaro chambarchas aloqada harakat qilish bilan birga, oʻz vakolatlari doirasida mustaqil va erkin faoliyat koʻrsatadilar. Bu esa hokimiyatning bir organda haddan tashqari mujassam boʻlmasligini taʼminlaydi, ularning xalq va qonun oldidagi huquqlarini aniq taqsimlab berishga xizmat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]