Oʻzbekiston armiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2015-yilga kelib Oʻzbekiston armiyasi jahonning 106 mamlakati qurolli kuchlari oʻrin olgan jahon armiyalari reytingida 48-oʻrinni egallaydi.[1] Bu haqda yangilangan Global Firepower reytingida axborot berilgan.[2]

Global Fire Power (GFP) maʼlumotlariga koʻra (ular 2014-yil martiga doir), Oʻzbekiston ixtiyorida hozirgi vaqtda 420ta tank, 715ta BTR (zirhli transport vositasi), 109ta raketa tizimlari, 69ta qiruvchi samolyot, 65ta vertolyot, xususan, 25ta hujumkor vertolyot va boshqa koʻplab qurol-aslahaga ega, qurol koʻtarib, armiyada xizmat qilishi mumkin boʻlgan aholisi soni esa 15,7 milliondan oshadi.[3]

GFP Oʻzbekiston haqidagi maʼlumotlarni Markaziy razvedka boshqarmasi sayti, MRBning World Factbook toʻplami maʼlumotlari, „Vikipediya“ va ochiq manbalardagi boshqa maʼlumotlarga asoslanib tuzib chiqqan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan tashqari Qozogʻiston ham reytingdan oʻrin olgan boʻlib, GFP uni 80-oʻringa joylashtirgan. Oʻzbekistonga hududiy jihatdan yaqin mamlakatlar orasida Afgʻoniston 76-oʻrinni egallagan, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston reytingga kiritilmagan.

MDH, Boltiqboʻyi mamlakatlari va Gruziya orasida Oʻzbekiston Rossiya (2-oʻrin) va Ukraina (21-oʻrin)dan keyingi 3-oʻrinni band etgan. Ozarbayjon (50-oʻrin), Belarus (52), Gruziya (64), Qozogʻiston (80), Estoniya (96), Litva (103) oʻrin olgan. Armaniston, Moldova, Latviya kabi mamlakatlar reytingga kiritilmagan.

Reytingga koʻra, AQSh armiyasi eng qudratli deb topilgan boʻlsa, Rossiya va Xitoy armiyasi kuchli uchlikdan oʻrin olgan. Hindiston, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya va Yaponiya armiyasi esa kuchli oʻnlikka kirgan.

Qayd etish joiz, GFP’ning 2014-yilgi reytingida ham Oʻzbekiston 48-oʻrinda borayotgan edi.[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ўзбекистон жаҳоннинг қудратли армиялари рейтингида Қозоғистонни 32 ўринга ортда қолдирди, 2015-01-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-21
  2. Countries Ranked by Military Strength (2015)
  3. Uzbekistan Military Strength
  4. Ўзбекистон жаҳоннинг энг қудратли армиялари рейтингида 48-ўринни эгаллади, 2014-07-17da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-21