Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlari
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi Davlat mukofoti
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga va fuqarosi boʻlmagan shaxslarga ham
Taqdirlash asosi Yuksak darajadagi ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, noyob ixtiro va kashfiyotlar, eng zamonaviy talablarga javob beradigan texnika va yuqori texnologiyalarni, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida yuksak natijalarga erishgan soha vakillariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2006-yil 25-iyul.

Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari (keyingi oʻrinlarda Davlat mukofotlari deb ataladi) mazkur soha vakillarining davlat va jamiyat oldidagi xizmatlarining yuksak e’tirofidir[1][2]. Oʻzbekiston Respublikasining:

  • fan va texnika;
  • adabiyot;
  • san’at va me’morchilik yoʻnalishlarida jami oltita — uchta birinchi darajali va uchta ikkinchi darajali Davlat mukofotlari har ikki yilda bir marta beriladi.

Tavsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Davlat mukofotlariga ilmiy tadqiqotlari, adabiy va badiiy asarlari matbuotda e’lon qilingan, texnika va texnologiyalar sohasidagi ishlari ishlab chiqarishga joriy etilgan shaxslar tavsiya etilishi mumkin.
  • Musiqa, teatr, kino, tasviriy va boshqa xil san’at asarlarining mualliflari ushbu asarlar konsertlar, koʻrgazmalar, teatrlar, radio va televideniye orqali e’lon qilinib, keng jamoatchilikka tanishtirilganidan keyin, me’morchilik asarlari boʻyicha obyektlar esa foydalanishga topshirilganidan soʻng bir yil oʻtgach, Davlat mukofotlariga tavsiya etilishi mumkin.

Nizomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fan va texnika sohasidagi birinchi darajali Davlat mukofoti respublika fanini rivojlantirishga ulkan hissa boʻlib qoʻshilgan va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga kuchli ta’sir qilgan kashfiyot, ixtiro va ilmiy ishlanmalar, jahon miqyosidagi eng ilgʻor standartlarga mos boʻlgan va amaliyotga katta samara bilan joriy etilgan yangi texnika va texnologiyalar uchun beriladi.
  • Fan va texnika sohasidagi ikkinchi darajali Davlat mukofoti respublika fanining muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga salmoqli hissa boʻlib qoʻshilgan va xorijiy mamlakatlarda e’tirof etilgan fundamental tadqiqotlar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan ixtirolar, ilmiy ishlanmalar, ta’lim muassasalari uchun darsliklar, ilgʻor standartlarga mos boʻlgan va ishlab chiqarishga samarali joriy qilingan yangi texnologiyalar uchun beriladi.
  • Adabiyot sohasidagi birinchi darajali Davlat mukofoti oʻzbek adabiyotini rivojlantirishga ulkan hissa boʻlib qoʻshilgan, keng madaniy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilgan, xalqaro miqyosda milliy adabiyotimizning obroʻ-e’tiborini koʻtarishga xizmat qilgan yuksak badiiy saviyadagi she’riy, nasriy va dramatik asarlar, oʻzbek adabiyotining eng nodir asarlarini xorijiy tillarga tarjimalari hamda adabiyotshunoslik yoʻnalishidagi fundamental tadqiqotlar uchun beriladi.
  • Adabiyot sohasidagi ikkinchi darajali Davlat mukofoti zamonaviy oʻzbek adabiyoti rivojida munosib oʻrin egallagan yuksak saviyadagi badiiy va publitsistik asarlar, jahon adabiyotining milliy ma’naviyatimizni boyitishga xizmat qiladigan yetuk asarlarini oʻzbek tiliga tarjimalari, adabiyotshunoslik sohasidagi tadqiqotlar hamda adabiyot darsliklari uchun beriladi.
  • San’at va me’morchilik sohasidagi birinchi darajali Davlat mukofoti respublikada madaniyat, san’at va me’morchilikni rivojlantirishga beqiyos hissa boʻlib qoʻshilgan, keng jamoatchilik tomonidan hamda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan, eng yuksak badiiy saviyadagi san’at va me’morchilik asarlari uchun beriladi.
  • San’at va me’morchilik sohasidagi ikkinchi darajali Davlat mukofoti respublikada madaniyat va me’morchilikni rivojlantirishga salmoqli hissa boʻlib qoʻshilgan, keng jamoatchilik va ijodkorlar tomonidan e’tirof etilgan, yuksak badiiy saviyadagi san’at va me’morchilik asarlari uchun beriladi.

Davlat mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda mamlakatimiz fan va texnikasi, adabiyoti, san’ati va me’morchiligi rivoji yoʻlidagi alohida xizmatlari uchun xorijiy davlatlarning fuqarolariga beriladi.

Sovindorlarga[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan shaxslarga diplom, faxriy nishon va pul mukofoti topshiriladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]