Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
Turi nodavlat notijorat tashkiloti[1]
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 2017-yil 30-iyun
Joylashuvi Toshkent shahri, Navoiy shoh koʻchasi, 11-uy[2]
Hududiy hizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Rais Alisher Saʼdullayev[3]
Byudjet 200.000.000 soʻm
Vebsayti yoshlarittifoqi.uz

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi — O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

Tarixi[tahrir]

1996-yilda tashkil etilgan Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati negizida, 2017-yili tashkil topgan

Maqsad va vazifalar[tahrir]

Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

— barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy eʼtiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;

— yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

— yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;

— isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;

— yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;

— yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar taʼsiridan, chetdan „ommaviy madaniyat“ niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan aʼzo bo‘lish mumkin. Yaʼni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning aʼzosi bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda taʼsis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa aʼzo bo‘lishi mumkin.

Tuzilmasi[tahrir]

Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi

— Qurultoy;

— Markaziy Kengash;

— Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;

— Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.

Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi

— Ittifoqning Markaziy apparati;

— Ittifoqning hududiy tuzilmalari;

— Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;

— Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;

— Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.

Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi „Kamalak“ shoʻbalari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho‘basi hisoblanadi.


Manbalar[tahrir]