Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
Maqomi Vazirlik
Ishga tushgan sanasi 2017-yil 29-noyabr
Hududiy hizmati Oʻzbekiston
Vazir Ibrohim Abdurahmonov
Vebsayti mininnovation.uz
Til(lar)i Oʻzbek tili

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; innovatsion faoliyatni uning samaradorligi indikatorlari asosida baholaydi, ilgʻor texnologiyalarni birinchi darajada joriy etish talab qilinadigan tegishli tarmoq va sohalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi; innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi; ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi hisoblanadi;

Vazifalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda innovatsiyalarni ishlab chiqish hamda davlat va jamiyat qurilishiga joriy etish, shuningdek, jamiyat va davlat taraqqiyotini taʼminlovchi ilmiy tadqiqotlar va ilgʻor texnologiyalarning ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlarini rivojlantirish strategiyasini belgilash;

tez oʻzgaruvchan jahon konʼyunkturasini hisobga olgan holda iqtisodiyotning jadal rivojlanishini taʼminlash boʻyicha strategik va oldindan rejalashtirish;

aholi hayot darajasi va sifatini yaxshilash, uning farovonligini oshirishni taʼminlash boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini har tomonlama tahlil qilish va prognoz qilish, shuningdek, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror oʻsishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlay oladigan fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;

qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va intensiv rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsiyalarni joriy etish;

ijtimoiy rivojlanishga, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish;

davlat ilmiy-texnik va innovatsion siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda grant asosida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-texnikaviy dasturlarini tasdiqlash;

mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli ssenariylarini hisobga olgan holda nou-xaularni ishlab chiqish, innovatsion faoliyat va raqobatbardosh ilmiy-texnika mahsulotlari bozorini kengaytirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;

innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.[1]

Tizimdagi tashkilotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi

Ilgʻor texnologiyalar markazi

«Yashnobod» innovatsion texnoparki DUK

«Yoshlar innovatsion markaz"» DUK

«Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilis”» loyihasini amalga oshirish guruhi

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Ilmiy-texnik axborot markazi

«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matba”» DUK

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi[2]

  1. Vazirlik haqida mininnovation.uz
  2. Tizimdagi tashkilotlar mininnovation.uz