Tarix instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tarix instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Tarix instituti — Oʻzbekistan, oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixini oʻrganuvchi, tarix sohasidagi ilmiy tadqiqotlarlarni muvofiqlashtiruvchi, yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlovchi tadqiqot muassasasi. 1943 yil 4 noyabrda SSSR Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida tashkil topgan. Dastlabki paytda institutda sovet jamiyati tarixi, yangi tarix, kad. va oʻrta asrlar tarixi, arxeologiya, etn. hamda huquq boʻlimlari boʻlgan. Oʻzbekiston tarixini chuqur oʻrganish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ishlari koʻlamining kengayganligi hamda yetarli ilmiy kadrlar tayyorlanganligi tufayli mustaqil ilmiy tadqiqotlar institutlari — Falsafa va huquq instituti (1958, Toshkent), Arxeologiya instituti (1970, Samarkand) ajralib chiqqan.

Sovet davrida hukmron mafkura taʼsirining katta boʻlishiga qaramasdan institut xodimlari tomonidan Oʻzbekistonning eng k,ad., oʻrta asrlar, mustamlaka davri boʻyicha yirik ilmiy tadqiqotlar ishlari amalga oshirilgan. Tarix institutining rivojida Ya.Gʻulomov, I.Moʻminov, M.Andreyev, O.Suxareva, K.Shoniyozov, P. Aminova, M. Oxunova, B.Lunin, H. Ziyoyev, R.Rajapova, D.Alimova va boshqa olimlarning xizmatlari katga boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi karori (1998 yil 27 iyul) institut tashkiliy tuzilmasi va tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Ushbu qarorga koʻra, tarixchilar tomonidan milliy mustaqillik nuqtai nazaridan oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Institutning tadqiqot ishlari shu konsepsiya asosida amalga oshirilmoqda. Tarix instituti Oʻzbekiston hududlarida ilk davlatchilik asoslarini yuzaga keltirgan tarixiy shartsharoitlar va davlatning kelib chiqish masalasini atroflicha taxlil etish va aniqlash; oʻzbek xalqi etnogenezi muammolari boʻyicha arxeologik va barcha turdagi yozma manbalar tadqiqotlari natijalarini jamlash, har tomonlama ilmiyqiyosiy tahlil qilish va muvofiqlashtirish, eng qadimdan hozirga qadar davlatchilik tarixiy bosqichlarida hududimizda yashagan xalqlarning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, madaniy va maʼnaviy qayoti masalalarini oʻrganish, xolisona tadqiqotlar natijalari asosida ilmiy, ilmiyommabop asarlar, darsliklar yaratish ustida ish olib boradi. Institutda 30 dan ortiq monografiya, ilmiyommabop risola, 5 ta ilmiy toʻplam, 11 darslik va oʻquv qoʻllanmasi nashr etildi (1998—2004).

Tarix instituti qoshida Respublika tarix tadqiqotlarini muvofiqlashtiruvchi kengash; tarixiy adabiyotlar, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalarini muhokama va chop etish boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi ish olib boradi. Tarix institutida doktorantura, aspirantura va tadqiqotchilik tizimi mavjud boʻlib, undan chet ellik tadqiqotchilar ham (jumladan, AQSH, Koreya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan) foydalanadilar. Tarix instituti qoshida tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash mavjud. Tarix instituti negizida barcha tarixchilarni birlashtiruvchi Yahyo Gʻulomov nomidagi "Oʻzbek xalqi va davlatchiligi tarixi" respublika ilmiy seminari muntazam faoliyat koʻrsatadi.

Tarix instituti "Oʻzbekiston tarixi" ilmiy jurnaliga ega (1998 yil iyulda asos solingan, yilda 4 marta nashr etiladi). Shuningdek, ilmiy tadqiqotlarlar boʻyicha davriy toʻplamlar, "Oʻzbekiston tarixining dolzarb muammolariga yangi chizgilar" va "Oʻzbekiston tarixining yangi sahifalari" turkumida ilmiyommabop toʻplamlar nashri yoʻlga qoʻyilgan.

Tarix instituti huzurida OʻzMU, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unti, Samarkand davlat universiteti va Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti ishtirokida "Oʻzbekiston tarixi" qoʻshma kafedrasi tashkil qilingan hamda tarix faniga ixtisoslashtirilgan Toshkentdagi 9, 216 va Buxorodagi 6 oʻrta maktablar bilan hamkorlik olib boradi.

Tarix institutida xalqaro aloqalar keng yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, soʻnggi yillarda Toshkentda oʻtkazilgan bir qator xalqaro anjumanlarning ("Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash", 1999, Germaniya bilan hamkorlikda; "Markaziy Osiyo tarix koʻzgusida: oʻtmishdan kelajakka", 2002, Koreya bilan hamkorlikda; "Markaziy Osiyo sivilizatsiyalashgan taraqqiyot yoʻlida", 2003, Koreya bilan xdmkorlikda; "Sharq tarixida yoshlar harakati", 2003, Gollandiya bilan hamkorlikda) tashkilotchisi boʻldi. YUNESKO tomonidan nashr etilgan "Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi" koʻp jildlik asarning mualliflari tarkibida institut ilmiy xodimlari — D.Alimova, R.Mukminova, R.Rajapova, E. Karimov, A.Muhammadjonovlar qatnashdilar.

Tarix institutining Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi, moddiy madaniyat tarixi, etn., tarixiy etn. va etnik tarix, tarixshunoslik va ilmiy bibliografik axborot, mustamlaka davri tarixi, mustaqillik davri tarixi boʻlimlarida 20 ta fan doktori, 25 ta fan nomzodi faoliyat koʻrsatadi (2004).